O‘zbek oilasining siyrati
O‘zbekistondagi matbuot va rasmiy statistika har yili O‘zbekistonda nikox holatlari ko‘payayotgani va ajralishlar soni kamayib borayotgani haqida yozadi.
Balki bu to‘g‘ridir, biroq hukumat va jamiyatning kuchli nazorati ostida qolayotgan, sirtdan mustahkam ko‘ringan o‘zbek oilasi, ichidan ancha mo‘rtday.
Dunyoni titratgan matbuot xabarlariga nazar tashlarkan, o‘zbek oilasiga oid dahshatli va paradoks holatlarga ko‘zimiz tushadi.
Chaqalog‘ini tug‘iboq bo‘g‘ib o‘ldirgan yoki muammolarini yechish uchun farzandini sotishga ahd qilgan o‘zbek ayoli, jinsiy tajovuz va toqatsizligi bilan nom chiqargan hukumat va militsiya amaldorlari, o‘ynashi va o‘zining joniga qasd qilgan, qaynatasining buyrug‘i bilan chopib o‘ldirilgan samarqandlik kuyov, bolasini kaltaklagani uchun qamalgan ona, turli sabablar bilan o‘z joniga qasd qilayotgan bolalar haqida chiqayotgan xabarlar cirtdan mustahkam ko‘ringan o‘zbek oilasining bugungi ichki siyratini fosh qiladi.
Rassom Elsevar
Eltuz.com