Prezident Karimov Putin oldida raqsga tushganini termizliklarga aytib berdi
30 iyunda Surxandaryo viloyati Termiz tumanida mahalliy dehqon-fermerlar bilan uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Xorazm lazgisi yangraganda o‘z o‘zidan oyoqlari qimirlab raqsga tushganini aytib berdi:
“Hammasi yonimda o‘tirib… Chap tomonimda, o‘ng tomonimda eng katta davlatlarning rahbarlari… Xitoyning rahbari bo‘ladimi… Hammasining qoyil qolganini men guvohiman. Va tasodifan, o‘zim kutmagandim, o‘yinga chiqib ketibman,” dedi Islom Karimov u bilan uchrashuvga kelgan fermerlar qiyqirig‘i va olqishlari ostida.
Islom Karimov Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tarixida raqsga tushgan yagona rahbar hisoblanadi.
Karimov voris bo‘lgan kompartiya tarixida Xrushchevning Stalin oldida ukraincha raqsga tushgan voqeasi mavjud.
Rassom KIRPI
Eltuz.com