MXX rassom Vyacheslav Oxunov va Shuxrat Bobojonov asarlarini yoqmoqchi!
2 dekabr kuni Urganch Suvratlar galereyasi bosh muxofizi Shirin Tosheva galereyada O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tomonidan tekshirishlar bo‘lgani haqida bildirdi.
Shirin Toshevaning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini Anvar deb tanishtirgan, shahar hokimligining uch nafar mulozimi hamrohligida kelgan Urganch shahar MXX xodimi, rassom Vyacheslav Ohunov va Shuhrat Bobojonovning rangtasvir asarlarini fonddan olib chiqib yoqishni buyurgan.
Gap galereyada saqlanayotgan Sovet Ittifoqi Madaniyat vazirligi qarori bilan harid qilingan Vyacheslav Ohunov ijodiga mansub sakkiz va Shuhrat Bobojonovning o‘n oltita suvrati haqida bormoqda.
Monreal Universiteti (Kanada) san'atshunosi Boris Chuxovichning fikriga ko‘ra “Aftidan MXX nazdidagi asosiy muammo asarlarning mazmuni emas, balki mualliflarning ismi sharifi bo‘lgan:
«Vyacheslav Ohunovga hukumat ancha yillardan beri respublikani tark etishga ruhsat bermay keladi, Shuhrat Bobojonov esa allaqachon emigratsiyada va muxolifat faoliyati bilan shug‘ullanmoqda”.
Tahdid faqat hukumatni siyosiy tanqid qilishga jur'at etgan mualliflarning faqat asarlariga nisbatan yuzaga kelgan.
Urganch badiiy galereyasidagi asarlarni yo‘q qilinishiga qarshi bir guruh tashabbuskorlar, change.org ijtimoiy tarmog‘ida elektron petitsiya ham tashkil etishdi.
Asarlar, 2016 yilning 1 dekabrida ishdan bo‘shatilgan galereya bosh muxofizi Shirin Toshevaning jasurligi va madaniy qadriyatlarni himoya qilishga sadoqati tufayligina hozircha yo‘q qilinmagan.
Biroq san'at asarlari O‘zbekiston hukumati mulozimlari qo‘li ostida qolmoqda va ularning keyingi taqdir noma'lum va tashvishli.
Rassom Tuz
Eltuz.com