Asosiy mavzular
20 mart 2020

Sudda qatnashmagan Gulnora 13 yilga kesildi

18 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 47 yoshli Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish, jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi. 

Sud hukmi bilan Gulnora Karimovga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Jinoyat ishida ishtirok etgan boshqa shaxslar ham uzoq muddatlarga qamaldi.

Adliya vazirligi tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ilgari ko‘rib chiqilgan jinoiy ishlar, shuningdek, so‘nggi jinoiy ish doirasida yetkazilgan zararlar miqdori 3,8 trillion so‘m va 165 million AQSh dollarini tashkil etdi.

BundanoldinGulnora Karimovaning qizi Imon onasiga sudda o‘zini himoya qilish imkoniyati berilmagani haqida yozdi.

 «Agar ayblanuvchiga savollarga javob hamda voqea-hodisa yuzasidan guvohlik berish va o‘zini Konstitutsiyada belgilangan tartibda himoya qilish imkoniyati berilmasa, u holda qanday qilib adolat qaror topishiga ishonish mumkin? deb yozdi Imon o‘zining Instagramdagi sahifasida.

O‘zbekistonlik tahlilchi Alisher Usmonov Gulnora Karimova va boshqa bir qator shaxslar ustidan chiqarilgan sud hukmi mazkur ishga aniqlik kiritishdan ko‘ra ko‘proq savollarni vujudga keltirayotganini ta'kidlaydi. 

«Asosiy savol shuki, sud ishi qanday sabablarga ko‘ra yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi? Shuningdek, ayblanuvchiga qo‘yilgan aniq ayblovlar va prokuror uni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday dalillar keltirgani ham noma'lum. 

Jarayonning boshqa ishtirokchilariga nisbatan qanday maxsus ayblovlar qo‘yilgani haqida ham ma'lumot yo‘q. 

Va nihoyat, advokatlardan qaysi biri Gulnoraning manfaatlarini himoya qiladi va advokat tanlash ayblanuvchi tomondan amalga oshirildimi yoki rasmiylar tomonidan belgilandimi? 

Bu kabi barcha savollarga aniq javoblar yetishmasligi sababli biz butun jarayon adolatdan ko‘ra adolatli parodiya degan xulosaga kelishimiz mumkin. 

Bu omil O‘zbekistonda haligacha qonun ustuvorligi yo‘lga qo‘yilmaganligi va sud hokimiyatining ijro hokimiyatidan mustaqilligi borasida sezilarli yutuqlarga erishilmaganidan dalolat beradi. 

Bir tomondan Gulnora Karimova va uning sheriklari qator jinoyatlar sodir etib, o‘zbek xalqiga tegishli bo‘lgan katta miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirgani hamda o‘zbek xalqining adolatga nisbatan ishonchini suiste'mol qilganiga shubha yo‘q. 

Boshqa tomondan, bunday usulda tergov o‘tkazish va sud jarayonlarini olib borish xalqaro standartlar va adolat tamoyillariga mutlaqo mos kelmaydi. 

Shu sababli hukumat, oliy hokimiyat o‘zlarining mana shunday qaltis xatti-harakatlari bilan mamlakatda qonuniylik, legitimlikka darz yetkazadi hamda dunyo afkor ommasi ko‘z o‘ngida Gulnorani jazoga loyiq emas deb o‘zboshimchalik bilan qurboni qiladi. 

Hozircha biz Gulnora tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga oid aniq ma'lumotlarni faqat O‘zbekiston tashqarisida, birinchi navbatda, Shveytsariya va AQShda bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonlaridan topa olamiz. Masalan, Gulnoraning noqonuniy mol-mulki to‘g‘risidagi Amerika Qo‘shma Shtatlari sudi tomonidan qo‘yilayotgan ayblovlarni ularning veb-saytidan bemalol yuklab olsa bo‘ladi. Bundan tashqari, fuqarolik jamiyati sudda dalillarni taqdim etish orqali ishtirok etishi mumkin.  

O‘zbekistonda nafaqat ushbu sud jarayoni, balki butun tizim, shu jumladan, sud tizimi va O‘zbekistonning hukmron rejimi qonuniy emasligini shubha ostiga olishga hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. 

Qonunlarga va barchaning qonun oldida tengligiga asoslanmagan, muntazam ravishda adolat normalarini buzadigan rejimning o‘zi qonunga xilof, noqonuniy rejim hisoblanadi.

Gulnoraga tegishli 131 million dollar pulni O‘zbekistonga qaytarib berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan hamda musodara qilinishi lozim bo‘lgan (686 million dollar) pullar yuzasidan Shveytsariya rasmiylari jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak. Axir adolatsiz davlatga Shveytsariya hukumati qanday qilib pul o‘tkazishi mumkin? Bunday qabih rejimga pul o‘tkazish, uni jinoyatchi qo‘liga berish bilan barobar», – deya yozadi Alisher Ilhomov Eltuzga bergan javobida.

Eslatib utamiz Gulnora Karimova Bosh prokuraturaning bildirishicha“jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019 yil 5 martda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o‘tashi” belgilangan edi.

2020 yil yanvarda Gulnora Karimovaga nisbatan «yopiq eshiklar ortida» yangi jinoiy ayblovlar bo‘yicha sud boshlangan edi.

Tag‘in o‘qing
26 fevral 2021
26 fevral kuni kuch ishlatar tizimlar mavjud qonun-qoidalarga zid tarzda siyosiy partiya tashabbuskori, professor Xidirnazar Allaqulovni kuch ishlatib uyidan ...
20 sentyabr 2019
Nepotizm lotincha nepos so‘zidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi – “nevara” yoki “jiyan” deganidir. Ammo bu so‘zning zamonaviy ma'nosi ...
3 iyun 2016
Toshkentda Korruptsiyaga qarshi seminar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan O‘zA agentligining bildirishicha tadbirda, «Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qonun ...
26 oktyabr 2020
Ko‘rayotganingiz Afg‘oniston yoki Somalidagi maktab emas. Bu 2020 yilning oktyabr oyida o‘zbek o‘quvchilari ta'lim olayotgan maktab.  Ijtimoiy medianing o‘zbek ...
Bloglar
10 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solix bilan may oyida o‘tkazilgan bu suhbat bevosita Eltuz ...
20 iyul 2022
O‘zbek xalqi kimga, qaysi rejimga qaram bo‘lib kelgan ediki, endi u o‘zini ozod, erkin millat ...
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat ...