Catira
12 yanvar 2017

Horijga ketgan do‘xtirlarni qaytarish

Prezident Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromovga uch oy ichida chet elga ishga ketgan 50 ta o‘zbekistonlik medikni qaytarishni buyurdi.

«O‘zingiz shaxsan borib olib kelasiz o‘zbekistonlik do‘xtirlarni!» dedi u Sog‘liqni saqlash vaziriga.

Shuningdek, u 40 mingdan ziyod o‘zbekistonliklar tibbiy yordam uchun xorijga chiqishga majbur bo‘layotganini ta'kidladi.

Biroq vrachlarning ishlash uchun horijga ketishlariga ko‘p sabablar borligi uchrashuvda gapirilmadi.

Vrachlik dunyo bo‘yicha eng katta maosh to‘lanadigan kasblardan.

Ayni paytda O‘zbekistonligi vrachlarning o‘rtacha oyligi taqriban 150-200 AQSh dollari miqdorida bo‘lib qolmoqda.

Mirziyoev ularning maoshlarini oshirmasdan turib O‘zbekistonga qanday qaytarishi mumkinligi bir jumboq.

Bundan tashqari har yili shifokorlarning paxta dalasida tekin ishchi kuchi sifatida ishlatilishi yana bir muammo.

Tuzukroq kun ko‘rishlari uchun ular yo bemordan pora olishlari, yoki chet eldan o‘zlariga munosib ish topishlari kerak bo‘ladi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 yanvar 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 37-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Mana, alhamdulilloh, she'rlarimning ...
5 may 2021
Frantsiyaning qudratli imperatori Napoleon Bonapart 1821 yilning 5 mayida (Napoléon Bonaparte) Avliyo Yelena orolida bandi bir tarzda olamdan o‘tdi. ...
13 aprel 2023
Buyuk Chingizxonning uzilmas 23-avlodi sanalgan 106 yoshli Nasim Mirzo Chingiz (Naseem Mirza Changez) 2018 yilning 12 aprelida Eski Dehlida ...
21 aprel 2021
«Abdulla G‘arip Prodakshn», Rassom Tuz, rassom Elsevar va «Eltuz» namoyish qiladi. (IKKINChI QISM) Avtobus o‘nqir-cho‘nqir yo‘ldan ketyapti. Cirtiga “O‘zbekiston ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...