Catira
10 fevral 2017

Bir odam uchun so‘z erkinligi

Prezident Mirziyoev kunora o‘tkazayotgan turli yig‘ilish va uchrashuvlarida davlat amaldorlarini ayamay tanqid qilmoqda.

Mirziyoev 9 yanvar kuni militsiya xodimlari uchun selektor majlisi o‘tkazdi. O‘z nutqida u poraxo‘rlikda ayblanib ichki ishlardan haydalgan xodimlarni sanadi.

«Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?» – dedi Mirziyoev.

Hamma narsani biluvchi

Bundan ilgarigi, 7 yanvar kuni o‘tkazgan majlisida u tibbiyot xodimlarini poraxo‘rlikda ayblagandi.

Militsiya xodimlari uchun o‘tkazgan yig‘ilishida esa Mirziyoev «GAI xodimlarining qanday pora olishini bilishi»ni aytdi.

«O‘z burchini elga xizmat tamoyiliga asoslanib emas, balki shaxsiy manfaatlardan kelib chiqqan holda bajarish kabi amaliyotlar davom etmoqda”, deb ta'kidladi jumladan Mirziyoev.

Davlat boshqaruviga yaroqsiz raxbarlar

Bundan ilgarigi majlislarida Shavkat Mirzieevning, uzoq yillar sog‘liqni saqlash va moliya sohalarida o‘zining o‘rinbosarlari bo‘lgan, Adham Ikromov, Rustam Azimovlarga dakki bergani televizorda namoyish etildi.

Prezident tomonidan tanqid qilingan davlat mulozimlarining esa hech bir e'tirozsiz, bosh egib, sukut saqlashi odatiy hol.

Tajribasizligi yuziga solingan, tahlilchilar tomonidan ko‘p yillardan beri Karimovning vorisi bo‘lishi iddao qilingan Rustam Azimov tanqidni churq etmay yutishga majbur bo‘ldi.

«Mening fojiam shundaki, men sizlar haqingizdagi hamma narsani bilaman» dedi Mirziyoev o‘z a'yonlariga.

Ehtimol, uning mulozimlari ham, so‘nggi 13 yil davomida ijtimoiy iqtisodiy masalalarga mas'ul bo‘lib kelgan mamlakatning bugungi raxbari haqida ko‘p narsalarni bilishadi.

Biroq, muammo shundaki, O‘zbekistonda so‘z erkinligi an'anaviy tarzda faqat bitta shaxs uchungina mavjuddir.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 yanvar 2024
Mana bu videotasvirlarda ikki kishi o‘rtasida mushtlashuv boshlanganini ko‘rish mumkin. Ko‘p o‘tmay, orqaga chekinayotgan shaxsga to‘da bo‘lib hujum qiladilar, ...
19 aprel 2016
«Huquq» gazetasi qo‘shni davlatlarga kelin bo‘lib tushib, bugun chegaradan o‘tishdagi qiyinchiliklar bois yurtidagi qarindosh-urug‘lari bilan bordi-keldi qilish muammosiga duch ...
11 mart 2020
Koronavirus: «Kunlar isidi. O‘limim yaqin. Alvido, Toshkent!» Rassom Kirpi
27 dekabr 2020
Manbalar “Eltuz”ga O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev toshkentlik ishbilarmonlar orasida “Shayton” laqabi bilan tanilgan, muqaddam firibgarlikda ayblangan 45 yoshli ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...