Catira
10 mart 2017

Pistachi xolaga ham terminal kerakmi?

O‘zbekiston Prezidentining qaroriga ko‘ra, 1 martdan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub'ektlarida kassa apparatlarining bo‘lishi majburiydir.

Kun.uz saytining Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi vakilidan iqtibos keltirib bildirishicha, dastlabki to‘rt kun ichidagi tekshiruvlar natijasida chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish shoxobchalarida 1700 ga yaqin terminal yetishmasligi aniqlangan.

Tadbirkorlarning kassa terminali o‘rnatish bilan bog‘liq tashvishlari birgina poytaxtda emas, balki butun respublika bo‘ylab ortgan.

Xususan, shu kunlarda Andijonda soliqchilar Eski shahar bozorini bosgani, mayda tujjorlarning mollari tortib olib qo‘yilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Ayrim tadbirkorlar, kassa apparatlarining yetishmasligida bankni ayblashadi.

«Malikada bugun qancha do‘kon ochilmadi. Tekshiruv yuribdi terminal bo‘yicha, kimda apparat bo‘lmasa ishlashi mumkin emasmish. Apparatni o‘zi yasab olmaydiku. Bank bermasa nima qilsin. Kaltak tadbirkorning boshida sinadi, aybdor bank bo‘lsayam», deya yozdi Eltuzga toshkentlik tadbirkorlardan biri.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 fevral 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati sobiq raisi, qo‘li uzun Rustam Inoyatovning o‘g‘liga tegishli ko‘chmas mulklar haqida Open Source Investigations (OSI) ...
20 noyabr 2017
Bu yil o‘zbek futboli uchun navbatdagi og‘ir yil bo‘ldi. Shuncha ko‘tar-ko‘tarlar bilan terma jamoa yana jahon chempionatiga chiqa olmadi. ...
9 sentyabr 2020
Andijon viloyatining Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov tuman selektorida uy so‘rab joniga tekkan bir muallima ayolni jinni deb haqorat ...
3 fevral 2020
Qashqadaryo viloyatida 30 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIB binosidagi gumondor o‘limi yuzasidan brifing bo‘ldi. Ichki ishlar vaziri axborot xizmati ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...