Catira
3 fevral 2020

Gumondorni urib o‘ldirish IIBda tabiiy holatmi?

Qashqadaryo viloyatida 30 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIB binosidagi gumondor o‘limi yuzasidan brifing bo‘ldi.

Ichki ishlar vaziri axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov o‘g‘irlikda gumon qilingan 32 yashar Yusuf Abdurahmonovning og‘ir qiynoq ostida o‘ldirilgani yuzasidan izoh berib, tergov idoralarida bunday hodisa odatiy narsa ekanini xotirjam ohangda ta'kidladi.

«Ichki ishlar organlari binosida odam o‘lishi yangilik emas. Bu tabiiy holat. Shunday bo‘lib kelgan ilgari ham. Chunki ayrim holatda odam o‘zining joniga qasd qiladi. Stress holatlarga tushadi. Yuqoridagi holatda ham shunday bo‘lgan», dedi mahalliy blogerlar va jurnalistlar oldida chiqish qilgan IIV rasmiysi.

«Eltuz» nashri 27 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limining besh nafar xodimi gumonlanuvchini so‘roq paytida urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar bergan edi.

Brifingda ta'kidlanishicha, Chiroqchi tumani IIO FMBning ayrim xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi («Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish») va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondorlardan ikki nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, ishga aloqador boshqa xodimlarga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani ma'lum qilingan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 aprel 2018
Oliy Majlis Senatida 29 mart kuni Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Ixtiyor Abdullaev O‘zbekistonga havf solayotgan islomiy tahdid haqida ...
5 oktyabr 2015
Paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga oid monitoring o‘tkazish maqsadida “Alyans” inson huquqlari lideri Yelena Urlaeva bilan 2015 yilning 27 ...
12 dekabr 2019
Abduvali Qutbiddin umrining so‘nggi yillarida sal “buzilmoqchi”, maddohlik qilib ko‘rmoqchi ham bo‘ldi. Ammo ancha-muncha kechikkanini angladi chog‘i, “qiyshanglashga” astoydil ...
20 oktyabr 2023
Bu ne kundir, atrofingga boqsang sekin, U ham kerak, sen ham kerak, men ham kerak. Barchamizni davrasiga to‘plab, lekin Bir ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...