Catira
13 mart 2017

Yaxshi Shavkat va yomon rustamlar haqidagi ertak ishtiyoqi

Ertaklar odatda erishilmas orzularning hayoliy ifodasidir.

O‘zbek xalq ertaklari odil podsho va yovuz vazirlar makri haqidagi syujetlar bilan to‘la.

O‘zbekistonga 27 yil hukmronlik qilgan Karimov o‘lgani ortidan mamlakat rahbarligini egallagan Shavkat Mirziyoev obrazi ertak ishtiyoqmandlari uchun ilhom manbai bo‘ldi.

“Ana endi hammasi yaxshi bo‘ladi” deguvchilar ichkarida ham tashqarida ham birday urchidi.

Go‘yo butun muammolarni “yangi podsho” yechib beradi, ersizlarga er, yersizlarga yer, ochlarga non, yalang‘ochlarga kiyim…

Ammo muammolar eskichasiga qolavergach, ertak repertuariga “Podsho yaxshiyu vazir yomon” degan epizod qo‘shildi.

Ëmon vazir roli O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatovga ravo ko‘rildi.

Emishki, “yaxshi podsho adolat eshiklarini ochmoqchi bo‘lganida MXX raisi tambalabdi”.

“Shavkat aka konvertatsiyani ochmoqchi edi, Rustam aka ko‘nmadi, chunki MXX raisi o‘zbek so‘mining to‘rt xil kursini o‘zi uchun qaynar humchaga aylantirgan”

“Shavkat aka chiqish vizasini bekor qilmoqchi edi, ammo MXX raisi istamadi, chunki…”

“Shavkat aka o‘zidan oldingi prezident Karimovning kuyovi Temur Tillaevni tanobini tortmoqchi edi… Shavkat aka, mashinalar rastamojkasini yengillashtirmoqchi edi…”

Hullas ertak ko‘p. Ertak asosan yosh bolalar uchun aytiladi, bolalarga uxlash oldidan o‘qib beriladi.

Bizga ertak emas aniq ma'lumot kerak. Biz ertak eshitib uxlaydigan yoshdan o‘tdik. Ammo rasmiy Toshkent o‘z sirlari ustiga ko‘rpa tortganicha o‘tiribdi.

Aniq ma'lumot olish uchun Londondan Toshkentga borgan BBS jurnalisti Hamid Ismoyil O‘zbekistonga kiritilmadi.

Aniq ma'lumot berishi mumkin bo‘lgan huquq himoyachisi Yelena Urlaeva jinnixonaga qamaldi.

Aniq xabar o‘rniga ertagu rivoyatlar bir biriga zanjir halqalari kabi ulanmoqda.

Ayni paytda islohotchi Shavkat va uning islohot g‘ildiragiga tayog‘ini tiqqan Rustam haqidagi ertakning davomini kutgan rassom Tuz prezident va MXX raisi o‘rtasidagi “tortishuvni”ni o‘zicha tasvirladi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 iyun 2018
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati o‘zining facebokdagi sahifasida bildirishicha, 2014 yili AQSh vatandoshligini olgan asli qashqadaryolik Zokir Aliev AQShda xalqaro ...
5 dekabr 2016
«Otasi» o‘lib, yetim qolgan O‘zbekiston telekanallari noyabr oyida asosiy e'tiborini saylov mavzusiga, undan ham muhimrog‘i saylovda 88,6 foiz ovoz ...
8 sentyabr 2015
Bugun nemislar ochiq qalblar bilan qochqinlarni kutib olishmoqda. “Berlinda men Refugers welcome – Qochqinlar xush kelibsiz! degan shiorlarni ko‘raman. ...
16 yanvar 2021
Taniqli shoira Gulchehra Nurullaeva uzoq xastalikdan so‘ng 83 yoshida olamdan o‘tdi. 16 yanvar kuni u Toshkentdagi Do‘mbirobod qabristoniga dafn ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...