Catira
16 may 2017

O‘zbeklar horijdagi qora ishga «uyushgan tarzda» jo‘natiladi

Ishsizlik – O‘zbekistondagi eng og‘ir muammolardan biri. Ko‘p yillar davomida millionlab o‘zbekistonliklar tirikchilik yo‘lida aksariyat Rossiyaga ketishdi.

O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istonning asosiy mehnat muhojirlari yetkazib beruvchisiga aylandi.

Shavkat Mirziyoevning 2017 yil aprelidagi Moskva safaridan so‘ng aftidan hukumat bu stixiyali jarayonni o‘nglamoqchi ko‘rinadi.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida fuqarolarni vaqtinchalik ishga jo‘natish yuzasidan bitimlar amal qila boshladi.

Hususan, Rossiyaning «RIA Novosti» agentligi o‘tgan aprel oyida O‘zbnekiston bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikkita kelishuv bitimi tayyorlanayotganini bildirgandi.

Jumladan birinchi hujjat O‘zbekiston fuqarolarini RF hududida ishga tashkiliy jalb etilishiga oid bo‘lsa, ikkinchi bitim migratsiya sohasidagi o‘zaro vakolatli idoralarning ta'sis etishni ko‘zlaydi.

Hukumatning mardikorlarga mutlaqo e'tibor bermaslikdan, ularning borligini e'tirof etish sari tashlagan bu ijobiy qadamini olqishlash mumkin. Biroq o‘zbek muhojirlarini Rossiyada hech kim quchoq ochib kutmayotgani ham ma'lum.

O‘zbek hukumati mamlakatning ichida yetarli ish o‘rinlari yarata oladimi degan savol esa ochiq qoladi. Bu ko‘proq real iqtisodiy islohotlar natijasiga bog‘liq.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 yanvar 2020
Keyingi bir oy ichida 68 yashar biznesmen, jinoiy dunyoga yaqin bo‘lgan G‘afur Raximov xakida internetda negativ shaklda tilga olingan ...
17 fevral 2020
Joriy yilning 7 fevralida “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisligiga Orif Bo‘taev tayinlandi. Undan oldingi rahbar Murodilla Eshmatov joriy yilning 17 yanvarida ...
1 noyabr 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi va Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi 70 yashar Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini ...
3 fevral 2020
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoevaning OAV va blogerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan yangi jamoat fondi vasiylik kengashi rahbarligiga tayinlanishi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...