Mirziyoev madh etilgan ilk qo‘shiq chiqdi (video)
O‘zbek kino artisti va qo‘shiqchisi Dilfuza Ismoilova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga qo‘shiq bag‘ishladi.
49 yashar Dilfuza Ismoilova “Gap yo‘q” serialida o‘ynagan roli bilan tanilgan.
«Yurt Sultoni», «Xudoning yerdagi bir soyasi», kabi misralardan tarkib topgan matn shoir Toxir Muhammadga oid. Qo‘shiqni Rustam To‘lashov bastalagan.
Qo‘shiqni ijro qilgan Dilfuza Ismoyilova firibgarlikda ayblanib hibsga olingan Ahmadboy piramidachini ham ulug‘lab video chiqargan edi.
Ismoyilovaning qo‘shig‘i ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbek segmenti tarafidan turlicha izohlanmoqda.
Abdulloh ismli yuzer “Ko‘shiq jonli aytilibti. Bu yuraklardan chiqqani bilinib turibti. Bu qizga raxmat” deb yozsa Tojixon ismli yuzer boshqacha fikr bildirgan:
“Bunday maddoxlikka yo‘l qo‘ymaslik lozim. Raxbarning ishini kamtarona tilga olib o‘tish bir narsa, uni osmonga chiqarib maqtash, Olloxning yerdagi soyasi deb ulug‘lash butunlay boshqa narsadir. Butun dunyo Turkmanistondagi shaxsga sig‘inish ustidan kulyapti. O‘zbekistonning shunday axvolga tushib qolishiga yul qo‘ymaslik zarur. Dilfuza Ismoilovani jazolash kerak deb o‘ylayman.” deya yozadi yuzer. (Imlo xatolari saqlandi. tahr)
Rassom Tuz
Eltuz.com