Tog‘orasi teshik o‘zbek sudyasi
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Sudya och ekan, prokuror to‘q ekan. Sudyaning alvasti kabi xotini, yiqilay deb turgan kulbasi bor ekan. Tog‘orasi teshikligidan kir-chir kiyimda yurar ekan.
Ochlikdan sillasi qurigan o‘zbek sudyasi baliq tutib yeyishga qaror qilibdi. Ënidagi daryoga qarmoq tashlasa baliq ilinibdi. Jo‘n baliqmas, Mirziyoev degan baliq.
«Tila tilagingni!», debdi baliq shaklidagi Mirziyoev. Sudyaning alvasti xotini “tog‘ora so‘rang” debdi. Baliq tarzidagi Mirziyoev bo‘lsa “Senga kvartira bera qolay” debdi.
“Pora olish imkonini bersangiz bo‘ldi, o‘zim ro‘zg‘orimni butun qilib olaman” degan ekan sudya, baliq qiyofasidagi Mirziyoevning jahli chiqib, «Ertaga videselektorda aytaman javobini» debdi.
PS: Prezident Mirziyoev cud va prokuratura xodimlarini imtiyozli uy-joylar bilan ta'minlashni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Vazirlar Mahkamasining 9 iyun qaroriga ko‘ra endilikda ipoteka kreditlari sud va prokuratura organlari xodimlariga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi va mazkur davr mobaynida kreditlar bo‘yicha faqat foizlar to‘lanadi.
Rassom Tuz
Eltuz.com