Catira
13 mart 2018

«Ozodlik» radiosi 65 yildan beri KGB nishonida

Bundan 65 yil oldin, 1953 yilning 18 mart kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi radiostantsiyadan o‘zbek tilida ilk bora mana bu so‘zlar yangradi:

«Ozodlik» radiosidan gapiramiz! «Ozodlik»dan gapiramiz! Assalomu alaykum».

U Sovet Ittifoqidagi o‘zbeklar uchun hozirlangan «Turkiston bir» loyihasi doirasida «Ozodlik» nomi bilan efirga uzatildi va birinchi eshittirishidan hozirga qadar o‘z nomini o‘zgartirmay kelayotir. Bu nom o‘tgan 60 yil ichida butun dunyo o‘zbeklari biladigan taniqli brendga aylandi. (Radioning rus xizmati avvaliga «Osvobojdenie» nomi bilan ish boshlab, keyinroq «Svoboda»ga aylangan edi.)

«Ozodlik»ning o‘zbek xizmati ilk eshittirishlarida 1937 yilgi Stalin qatliomidan omon qolib, Yevropadan boshpana topgan o‘zbek oydinlari – Turkiston legioni tashabbuschi va yetakchilariga tayandi.

O‘zlarini Turkiston oydinlari deb bilgan vatandoshlar erk, hurriyat va inson haqlari haqidagi tushunchalarini ilk kunlardan boshlab «Ozodlik» mikrofoni oldida o‘qishdi.

“Eltuz” bilan suhbatlashgan xorazmlik pensioner Ilhom aka radiopriyomnik orqali o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida kunora «Ozodlik» eshitganini gapirib berdi.

Sovet O‘zbekistoni rahbarlari va DXQ (KGB) zobitlari ilk kunlaridanoq bu radio ovozini o‘chirish, muxbirlarini qo‘rqitish va terror qilishni boshladilar.

«Sovet O‘zbekistoni» gazetasida har haftada bir marta «Ozodlik» radiosi va unda chiqish qilayotgan Boymirza Hayitga qarshi maqolalar chop qilinar edi.

1981 yilda radioning Myunxendagi bosh qarorgohida Ruminiya maxfiy xizmatlari tomonidan qo‘yilgan bomba portladi.

1995 yilda SSSRda “qayta qurish va oshkoralik” siyosati boshlanganidan so‘ng bu xurujlar oqimi biroz susaygandek bo‘ldi.

1991 yilda O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin Islom Karimov boshchiligidagi rejim «Ozodlik» radiosiga qarshi tizimli kurash olib bordi.

Rasmiy matbuotda «Ozodlik»ka qarshi maqolalar muntazam chop qilinib turildi. O‘zbekiston MXX tizimlarida ishlagan sobiq zobitning «Eltuz»ga aytishicha, “Ozodlik»ka qarshi kontrtadbirlar maxsus bo‘linma tarafidan 1991 yildan to bugunga qadar amalga oshirilmoqda”.

Suhbatdoshga ko‘ra, bu tadbirlar doirasida “radio muxbirlarini josus qilib yollash, ulariga qarshi obro‘sizlantiruvchi ma'lumotlar tarqatish, respublikadagi obro‘li kishilar nomidan radiodagi maqolalarga qarshi maqolalar uyushtirish” ishlari olib borilgan.

Suhbatdoshning yana aytishicha, «Ozodlik»da chiqqanlar monitoring qilingan va ularning radio bilan boshqa muloqot qilmasligi “ta'minlangan”.

2005 yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi talabi bilan «Ozodlik» radiosi Toshkent byurosining yopilishishi, MXX sobiq zobitiga ko‘ra, “konservativ kuchlar g‘alabasi“ bo‘lgan.

MXX sobiq mulozimiga ko‘ra, “2005 yildan tortib bugunga qadar «Ozodlik»ka qarshi kontrtadbirlar” davom etmoqda.

Mulozimning ishonishicha, “Karimov davrida birinchi shaxsga masjidda hamroh bo‘lishga izn berilgan va 2016 yilning 28 aprel kuni Yunusobod tumanidagi Mirza Yusuf jome' masjidiga imom-xatib qilib tayinlangan Rahmatulloh Sayfutdinov MXXdagi kuratorlari “tavsiyasiga ko‘ra juma va'zlari fokusini belgilaydi”.

2 mart kungi geylarning tug‘ilishiga oid va'zini yoritgan «Ozodlik» radiosini “munofiqlar radiosi”ga chiqargani va uning “janozasini” o‘qigani “MXX tavsiyasi” bilan bo‘lgan», deydi «Eltuz» suhbatlashgan sobiq mulozim.

«Ozodlik» radiosida so‘nggi paytda berilayotgan “MXX korruptsioner mulozimlariga qarshi maqolalar kontora g‘ashiga tegayotgani sir emas”, deydi sobiq mulozim.

Ayub Mingboev
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 noyabr 2020
Rassom Tuz karikaturasi
26 oktyabr 2018
Rossiyaning Tula viloyatida 20 oktyabr kuni 300 dan ziyod migrant shahar ko‘chalaridan harbiy asirlar kabi, bir-birining yelkasiga qo‘llarini qo‘ygancha, ...
12 noyabr 2020
Qashqadaryoda prezident kelishiga maydonlardagi carg‘aygan o‘tlarning bo‘yalayotgani rasmi 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. «Ana, videosi ham keldi. Unda ...
22 aprel 2016
Xalqaro Inson huquqlari tashkilotlari ma'lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston musulmonlar diniy e'tiqodlari uchun ta'qib va bosimlarga uchrayotgan avtoritar mamlakatlardan biri sanaladi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...