Catira
21 mart 2018

Mirziyoev 110 ta tovuq boqadi

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevning tovuqlarni nega sevishi 20 mart kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumaniga borganida aniq bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmati tarqatgan videoda Shavkat Mirziyoev bosh vazir bo‘lganida ham, hozir ham tovuq boqishini aytgan.

«Mana, mening 110 ta tovug‘im bor. Har kuni qishin-yozin 50 tadan tuxum keladi. Qishloqqa tuxum yuboraman, qishloqdan qatiq bilan go‘sht keladi, bor tovog‘im, kel tovog‘im…», deydi prezident o‘zining oddiy odamlardek yashashiga urg‘u berib.

Shuningdek, har yakshanba kuni Mirziyoev bola-chaqasi va kuyovlari bilan tovuqxonani tozalashi haqida gapirdi.

«Prezident bo‘lsang ham shox chiqmaydi. Har kuni mehnat qilishi kerak odam!» dedi Mirziyoev.

O‘zbekiston prezidenti bo‘lib saylanganidan bir oy o‘tib, 2017 yilning 14 yanvar kuni hukumat yig‘ilishida Shavkat Mirziyoev «qishloqdagi kam ta'minlangan har bir oila 100 ta tovuq boqsin, kam ta'minlangan oila bo‘lmaydi», degan formulani o‘rtaga tashlagan edi.

Buning ortidan matbuotda tovuqlarga qasida ko‘paydi hamda Vazirlar Mahkamasi tovuqchilikni rivojlantirishga kirishib ketdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 fevral kuni e'lon qilingan hujjatida 4 million 200 ming oilaga tovuq boqish uchun kredit ajratish, qishloq aholisiga 85 ming jo‘ja yetkazib berish rejaga kiritilgani aytilgan edi.

2017 yilning mart oyida «Eltuz» kreditga olingan tovuqlarnining bir qismi o‘lgani, qolgani esa qaytarib berilayotgani haqida yozgan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 may 2018
Toshkentda sodir etilgan 1999 yil 16 fevral portlashlardan ikki kun o‘tib, Muhammad Bekjonning akasi yashaydigan Yangibozordagi uyni Xorazm viloyati ...
1 sentyabr 2023
“Kuchlilar kechira oladilar” degan ibora har doim meni boshi berk ko‘chaga tiqqan. Ya'ni, agar «zaif» yomonlik qilsa, kuchlilar miyig‘ida ...
11 mart 2019
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari, 4 farzandning onasi, 35 yashar Nargiza Saidovaning feysbuk yuzeri Hayot Baxtiyoro‘g‘li ...
14 aprel 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ko‘cha supurishga chiqarilgani ortidan «Kamaz» ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...