Militsionerni «it» deb haqoratlaganlar jazolanadi
Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Jo‘raev ijtimoiy tarmoqda militsiya xodimlarini haqorat qilganlar jazolanishini bildirdi.
ShIIBB ma'lumotlariga ko‘ra, keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqda «huquq-tartibot xodimlarini kalaka qilishdan tortinmaydigan, biroq ichki ishlar faoliyatini takomillashtirish uchun hech narsa qilmaydiganlar» ko‘paygan.
Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, militsiya general-mayori poytaxtning Yakkasaroy tumani aholisi bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida gapirdi.
«Agar kimdir meni hech kim topolmaydi va ichki ishlar organi xodimlariga haqorat, tuhmat qilish mumkin, deb o‘ylasa, ular qattiq adashadi», dedi Jo‘raev.
Shuningdek, u bunday chiqishlari uchun ayrim o‘zbekistonliklarning huquq-tartibot organlari tomonidan allaqachon jazoga ham tortilganini aytdi.
Masalan, Toshkent ShIIBB xodimi sha'niga qasddan tekkanlikda ayblangan surxondaryolik 24 yashar yigit 1 million 700 ming so‘m jarimaga tortilgan, shu yilning fevralida esa toshkentlik 30 yashar ayol ham shu tariqa jazolangan.
Rassom Tuz
Eltuz.com