Catira
2 may 2018

«Futbolda Muhammad Saloh nomi tilga olinmasin!»

O‘zbek sport sharhlovchilariga MTRK rahbariyati tomonidan 2 may kungi futbol translyatsiyasida «Liverpul» jamoasi o‘yinchisi Muhammad Saloh nomini tilga olmaslik talabi qo‘yildi.

Bu haqda «Eltuz»ga ismi sir tutilishi sharti bilan TV tizimida ishlovchi xodimlardan biri xabar berdi.

Gap shundaki, O‘zbekiston TV kanallari orqali 2 may kuni olib ko‘rsatiladigan futbol chempionatining yarim final o‘yinlarida Angliyaning «Liverpul» futbol jamoasining Muhammad Saloh ismli hujumchisi Italiyaning «Roma» futbol jamoasiga qarshi to‘p suradi.

«Muhammad Saloh so‘nggi bir haftada Messi, Ronaldu kabi futbol yulduzlari darajasiga chiqdi. Shuning uchun O‘zbekistondagi sport sharhlovchilariga reportajlari davomida uning nomini tilga olmaslik juda qiyin bo‘ladi», deydi o‘zbekistonlik futbol bilimdoni.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqda futbol ishqibozlarining Muhammad Saloh tarafiga og‘ishi kuchaymoqda.

«Liverpul» futbol klubining 25 yoshli hujumchisi, misrlik Muhammad Salohning raqiblar darvozasiga urgan ajoyib gollaridan rag‘batlangan ayrim ishqibozlar musulmon bo‘lishga va'da berishdi.

Tarmoqda tarqalgan videolarda ingliz futbol klubi ishqibozlarining «Agar Saloh yana bir nechta gol ursa, men ham musulmon bo‘laman», deb qo‘shiq aytayotganini ko‘rish mumkin.

TV xodimining «Eltuz»ga bildirishiga ko‘ra, futbol o‘yinchisiga qo‘yilgan taqiq, asosan, «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih nomiga qo‘yilgan tabu bilan bog‘liqdir.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 aprel 2016
«Adolat» gazetasi pichoqdan jarohat olgan fuqaroni operatsiya qilgan shifokor bemorning yaqinlaridan pul olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida yozdi. ...
5 dekabr 2021
Rassom Kirpi
20 oktyabr 2021
O‘zbekiston prezidenti saylovi arafasida mustaqil jurnalistlar va blogerlarga bosimlar kuchaydi. Xususan, 16 oktyabr kuni “Ozodlik”ning telegram kanaliga jurnalistlarga o‘lim ...
1 noyabr 2017
31 oktyabr kuni Nyu Yorkda o‘zbekistonlik 29 yoshli Sayfullo Saipov sodir etgan terror aktida 8 kishi o‘ldi, 11 kishi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...