chorshanba,
18 dekabr 2024
3 dekabr 2018
O‘zbek interneti 1 dekabrdan keyin ham qaddini rostlamadi
O‘zbekistonda internet tezligi 1 dekabrdan boshlab o‘n barobar oshilishi haqida va'da berilgan edi.
30 noyabr kuni «O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommunikatsiya tarmoqlari modernizatsiya qilingani va internet trafigi 110 Gbit/c.dan 1200 Gbit/s.gacha o‘sishi haqida bildirgandi.
Biroq O‘zbekistondagi internetdan foydalanuvchilar 1 dekabrdan keyin ham Youtube va Feysbuk tarmoqlari sekinlashganicha qolayotganidan shikoyat qilishmoqda. Ko‘pchilik yuzerlar feysbukda faqat matnlar ochilayotgani, foto va videolarni yuklashning hamon imkoni yo‘qligini bildirishmoqda.
Rassom Tuz
Eltuz.com