Catira
4 fevral 2019

Ortiqxo‘jaev: «Akfa» ham meniki, Toshkent ham…

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev o‘tgan hafta matbuot anjumanida Tashkent City qurilishiga o‘zining shirkati investorlik qilayotanini tasdiqladi.

«Bu mening 20 yillik kompaniyam, o‘zim yaratganman. Men hokim bo‘lganim bilan uni tashlab ketmayman», dedi Ortiqxo‘jaev jurnalistlarga Akfa shirkati to‘g‘risida.

Bundan avval Open Democracy tashkiloti jurnalistlari o‘z surishtiruvida Tashkent City, Akfa Dream World, Akfa Group loyihalari Toshkent shahri hokimiga tegishli ekanini ochiqlagan edi.

Shahar hokimining matbuot anjumanidan iqtibos keltirib «Gazeta.uz»ning yozishicha, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Laziz Qudratov qonunga ko‘ra shirkat ta'sischilarining kimligini so‘rashga haqi yo‘qligini bildirgan: «Biz faqat investorlardan sarmoya yotqizishni, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlarni imzolashni talab qilamiz», degan.

Jurnalistik surishtiruv muallifi, Olster universiteti professori Kristian Lasslett 1 fevral kuni Bi Bi Siga bergan intervyusida bu holatni mafiyaning ochiqchasiga O‘zbekistonga kelib pul yuvishiga izn berish, deya baholadi.

«Investorlarning kimligi bilan ishim yo‘q», deb aytish uyushgan jinoiy guruhlarga «kelinglar, bizning ko‘chmas mulk sektorimizda bemalol pullaringni yuvinglar», deyish bilan barobar», dedi Kristian Lasslet.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 sentyabr 2023
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti rahbariyati ushbu universitetning o‘zbek tili va adabiyoti uchinchi bosqich talabasi Karomat Muqimovaga universitet yotoqxonasidan joy ...
20 noyabr 2020
Bugun kechqurun gazim yonmadi, o‘zi shundoq ham past yonardi. O‘tin-ko‘mir g‘amlamagandim. Kichkina elektrpech o‘zini o‘zi zo‘rg‘a isitdi, aksiga olib ...
30 may 2016
«O‘zbek hukumati zudlik bilan va hech qanday shartsiz, 10 oktyabr kuni siyosiy motiv bilan qamoqqa hukm qilingan mustaqil jurnalistni ...
13 fevral 2019
O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi J.Tirkashev xorazmlik jurnalistlar Bobojonovlar shikoyati bo‘yicha 1 fevral kungi sud ajrimi bilan ularning uylarini musodara ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...