Catira
18 mart 2019

Mirziyoev rus xokkeychilariga sovg‘a qilgan uy pulini kissasidan to‘ladimi?

Yaqinda allaqaysi «akademik» O‘zbekiston Respublikasini monarxiyaga transformatsiya qilish taklifi bilan chiqdi.

Aftidan, mamlakat rahbari ochiqchasiga laganbardorlikni sezgani ham yo‘q, biroq u birdan, hatto mukofot va rag‘batlantirishlarda ham muayyan qonun va qoidalarga amal qilishi shart bo‘lgan prezident sifatida emas, balki mutlaq hukmdor, podshoh kabi harakat qila boshladi.

Aynan to‘satdan kallasiga kelib qolsa, davlat xazinasidan belkurakni to‘ldirib saxovat ko‘rsatsa ham hech kim g‘ing deya olmaydigan podshoh kabi.

Mana, masalan, 16 mart kuni yangi paydo bo‘lgan podshoh Toshkentda mamlakat sportini rivojlantirishga hali hech bir hissa qo‘shmagan Rossiya xokkeyi va figurali uchish yulduzlariga kvartiralar hadya qilishga farmon berdi. Mirziyoev bu haqda Humo Arena muz saroyi ochilishida bildirdi.

Kvartiralar ularga avans tariqasida beriladi – birdan kelishni xohlab, o‘z hissalarini qo‘shib qolishsa, degan umidda. Agar istashmasa, kvartiralarni bir necha yuz ming dollarga sotib, pulni o‘zlari bilan Rossiyaga olib ketib, o‘sha yerda xarjlashlari ham mumkin.

Sovg‘aga ajratiladigan shuncha kvartiralar qaerdan olinadi? Mo‘'jiza yuz bermaydi. Sovg‘alar yangi elita turar joylar qurish uchun uylari buzilib ko‘chirilganlar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu elita uylar kimlar uchun solinmoqda?

Albatta, kelayotgan yulduzlar uchun, toki ular fonida podshoh yarqirab ko‘rinsin. Biroq, shunisi qiziqki, hatto hozirgi Rosiya hukmdori ham o‘z sportchilariga o‘zbek podshohi kabi saxovat ko‘rsatayotgani yo‘q. Biroq biz uchun bu mayda va ahamiyatsiz, axir O‘zbekiston – eng boy mamlakat. Ko‘chirilgan aholi-chi? Hechqisi yo‘q, ular o‘zimizniki, ularga Sirg‘alining biror burchagidan joy topilib qolar.

Alisher Ilhomov
Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 oktyabr 2018
O‘zbekistonda Uy-joy kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yilayotgan uylarning faqat mulkdorlarigina turar joy ...
9 may 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 9 may e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi. Putin Markaziy Osiyoda o‘z ta'sirini ...
30 may 2020
“Eltuz” muxbiri Farg‘ona viloyati televideniesi jurnalisti Usmonjon Qodirov 28 may kuni 15 sutkaga qamalib, keyin jazo muddati 2 sutkaga ...
20 noyabr 2021
Joriy yilning 19 noyabr kuni o‘zbekistonlik rassom, 33 yoshli graffiti ustasi Abdurahmonning benzin narxlari oshganiga oid  yangi asari paydo ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...