Catira
30 may 2019

O‘zbek tilini rus tili bosimidan qutqaraylik

Lotin alifbosiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida nega jimsiz deb so‘rashyapti. Umuman, oxirgi paytlar til mavzusini to‘xtatib turaman. Tillarga, shu jumladan, lotin alifbosiga ham hali qaytaman. Hozircha yangi loyiha haqida bitta narsani bilib qo‘ysak bo‘ldi.

O‘zbek tilida “ts” tovushi yo‘q. Lekin bu tovushni ifodalovchi harf kiritilyapti. O‘zbek tilida “ng” tovushi bor. Lekin bu tovushni ifodalovchi harf birikmasi olib tashlanyapti. Pardalar yopiladi, e'tibor uchun rahmat.

O‘zbek tilini rus tiliga moslashtirish harakati to‘xtamas ekan, rus tili bosimi tugamas ekan, hech qanday islohot foyda bermaydi.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
11 dekabr 2017
5 dekabrda Amnesty International inson huquqlari tashkiloti huquq himoyachilarining o‘limi va ularning o‘ldirilishi holatlari ko‘payishi tendentsiyasi mavjudligini tasdiqlaydigan hisobotini ...
24 yanvar 2018
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev avtobusda tiriklayin yonib ketgan farg‘onalik 16 yo‘lovchini «haromi» deb haqoratladi. O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan yo‘lovchilar ...
30 dekabr 2019
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020 yilning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi. Uni Prezident Shavkat Mirziyoev ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...