Catira
25 iyun 2019

Salom miltiq, alvido bolta!

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining «Qurol to‘g‘risidagi qonun»ni ma'qullashi ortidan tarmoqda ayni qonun tarafdorlari va qarshilar o‘rtasida bahs qizidi.

«Shaxsiy qurol olib yurish, sotilishi haqidagi qonunga qarshiman. Otish qurollari haqidagi qonun jinoyatchilikning yana ham avj olishiga olib keladi», deya fikr bildirdi feysbuk yuzeri Nigora Umarova.

«Aniq bir-birini otishadi endi ko‘chada, oldin pichoqlagani kamdek», deya yozdi Damir Sobirov.

«Jamiyatimiz hali bunga tayyor emas. Oldin jamiyatimizga inson haq-huquqlarini, inson qadr-qimmatini o‘rgatishni targ‘ib qilinglar. Natijasini ko‘rib chiqib, ana undan keyin bu qonuni o‘rtaga qo‘yinglar», deya ayni fikrni davom ettirdi farg‘onalik feysbuk yuzeri Alim Nishonov.

Surxondaryolik yuzer Rustambek Tog‘aev fikricha, qonun aslida fuqarolarga mutlaqo qurol sotishni ko‘zlagan emas:

«Ovchilar va sportchilar shu paytgacha o‘qotar qurol bilan muomala qilishar edi, shu yanada qat'iy nazoratga olinyapti. Qolgan fuqarolarga elektroshoker, pnevmatik va gazli qurollar ishlatishga ruxsat berilyapti. Bularni hozir ham istalgan sport buyumlari do‘konidan sotib olish mumkin. Lekin endi bemalol sotib olishga yo‘q, ruxsat olish kerak, uchyotga turish kerak».

O‘zbekiston TIV sobiq mulozimi, bugun Shveytsariyada yashayotgan Alisher Taksanovning fikricha, aksincha, qonun qurol qo‘llanilishi va sotilishini tartibga soladi.

«Qurol haqidagi qonun O‘zbekistonda allaqachon qabul qilinishi kerak edi, nima uchun shuncha paytgacha buning kechiktirilganini tushunmayman», deydi Alisher Taksanov.

«Istaysizmi-yo‘qmi, mamlakatda jangovor, xizmat, sport va ov qurollari mavjud. Ular ilgari ham bor edi. Ular shunchaki idora buyruqlari, yo‘riqnomalari va boshqa qog‘ozlar bilan rasmiylashtirilgan. Biroq qonun yo‘q edi…», davom etadi Taksanov.

21 iyun kuni Senat ma'qullagan qonun loyihasida fuqarolarga, davlat xizmatchilariga hamda harbiylarga tegishli qurollar alohida bo‘lingan.

Fuqarolarga mo‘ljallangan qurollar ham, o‘z navbatida, ov, sport va o‘zini o‘zi himoya qilish qurollariga ajratilgan.

Shuningdek, qonun loyihasida qurolga ega bo‘lish uchun yig‘iladigan hujjatlar ro‘yxati va qurolni saqlash qoidalari aks etgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 may 2015
O‘zbekistonda maxsus xizmat xodimlari ayollarni ro‘molini yechishga majbur qilishmoqda. rasm muallifi: Shuhrat Bobojon
10 oktyabr 2018
«Cuhbatimiz g‘ayritabiiy tus olayotganga o‘xshab ketyapti mening nazarimda, ya'ni melisa xodimi va mahkum o‘rtasi­dagi savol‑javob jurnalist bilan siyosiy sharhlovchi ...
12 aprel 2023
Shu kunlarda tarmoqda ochiqlangan bir qancha hujjatlar O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov shaxsining manfaatlar to‘qnashuvi ostida qolayotganini, ...
18 noyabr 2016
O‘zini avvaliga Sabrina deb tanishtirgan 22 yashar O‘zbekiston vatandoshi Mushtariy. S dugonasi asli ozarbayjonlik 23 yashar Latifa Mamedova bilan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...