Catira
16 sentyabr 2019

Lola dabdabali to‘ylar tarafdori

Sorri, albatta, biroq men progressiv Prezidentimizning kechagi farmonini tushunmadim.

Nimaga to‘y industriyasini buzish kerak?

Hozir to‘y an'analaridan, ayniqsa, badavlat oilalardan, butun boshli kreativ bratiya boqiladi-ku.

Artistlar, qo‘shiqchilar, raqqoslar, o‘rtakashlar, stsenariychilar, shoirlar, rassomlar, dizaynerlar, floristlar, suratkashlar, operatorlar, videoinjenerlar, tikuvchilar, modellar, hunarmandlar, mebelchilar.

Shuningdek, restorandagi bratiya: oshpazlar, ofitsiantlar va h.z.

Poligrafiya-chi? Va albatta, oddiy hammollar, haydovchilar va farroshlarni ham alohida sanab o‘tish joiz!

Ularning har biri, boy oilaning to‘yida xizmat qiladi va ish haqini olib, oilasiga yegulik, kiyim, dori-darmon xarid qiladi, o‘qish, to‘garaklar, kitoblar, internet, TV va dam olish uchun pul to‘laydi.

Demak, bu pullar tag‘in fermerlarga, o‘qituvchilarga, dorixona va behisob mayda qon tomirlari bo‘ylab tag‘in uzoq, uzoq, uzoq manzillarga yetib boradi.

Mana, men yaqinginada mashhur bir davlat ansamblining repetitsiyasida bo‘ldim. Ular barcha davlat tadbirlarida raqsga tushishadi, biroq ikki oydan beri maosh olishmagan. O‘z ishlarini sidqidildan sevishadi va to‘ylarda raqs tushib, oilalarini boqishadi.

Nimaga hozir ularning qanotlarini qirqish kerak bo‘ldi?

Boz ustiga, bunday tajriba bizning hayotimizda bo‘lib o‘tgan.

Menimcha, bizda boylar ko‘p bo‘lgani ma'qul, ularning boy fantaziyasi, “hammasini odamlarnikiday” o‘tkazish orzu-havaslari bo‘lsin.

Mayli, bu chegaradan oshib-toshib ketsin!

Umuman, boylar ko‘proq bo‘lsin.

Yoki men haq emasmanmi?

Men davlatni boshqarishga haqi bo‘lmagan oshpazmanmi?

Lola Sayfiy
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 sentyabr 2020
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 13-maktab direktori, 47 yashar Nurbek Turdievning jasadi 31 avgust kuni maktab hojatxonasida osig‘liq holda topildi. ...
21 avgust 2017
Markazi Berlinda joylashgan O‘zbekiston-Germaniya Forumi (UGF) 21 avgust kuni O‘zbekistondagi majburiy mehnatga qarshi yangi animatsion rolikni taqdim etdi. Animatsiya ...
3 oktyabr 2023
Hususiy universitetlarga  O‘zbekistonda qanchalik zarurat bor? Ular yangi korruptsionerlar tayyorlab beradigan maskanlar emasmi? Maqsad halqni ma'rifatli qilishmi, yoki shunchaki ...
25 mart 2016
«Jahon» axborot agentligining bir qancha mahalliy nashrlarda bosilgan xabarida Shanxay hamkorlik tashkiloti rasmiy saytida «O‘zbekiston iqtisodiyotidagi barqaror o‘sish tamoyili ...
Bloglar
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...