chorshanba,
18 dekabr 2024
14 dekabr 2020
Bosh prokuror o‘g‘ri bo‘lsa, arzingni kimga aytasan?
Vazifasidan vaqtincha chetlatilgan Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov ijtimoiy mediada chiqish qilib, bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevni korruptsiyada aybladi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati bu yuzadan 12 dekabrda bayonot chiqarib, Jasur Fozilovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani munosabati bilan u 2 dekabr kuni vazifasini bajarishdan vaqtincha ozod qilinganini bildirdi.
Xizmat tekshiruvi davomida arizada keltirilgan barcha vajlar, shu jumladan, Jasur Fozilovning 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bildirgan holatlarga to‘liq va haqqoniy baho berilishi aytilgan.
Bosh prokuratura «murojaat va bayonotda bildirilgan barcha masalalar bo‘yicha shaffof va oshkora o‘rganish o‘tkazilishini» ma'lum qilgan.
Eltuz.com