Catira
18 dekabr 2020

Teng tengi bilan, tezak qopi bilan

«Toshkent siti»ga kirish pulli bo‘lgani shunday ham mo‘may daromad topish uchun qilinmayapti, albatta. Bu yerda ochofatlik, navbatdagi “lyubaya biznes xarasha”ni ko‘rish noo‘rindir.

Aslida «siti» egalari u yerga odam kirmay qo‘ysa ham rozi. Chipta shunchaki tashrifchilarni saralash vositasidir. Hozir viloyatlikka o‘xshab kiyingan lyumpen-proletariat «siti»ga yopirilib, u yerda ishlashi, yashashi kerak bo‘lgan yangi boylarning huzur-halovatini, kayfiyatini buzmoqda.

Ular past tabaqaning horg‘in, kasalmand yuzlarini, juldur kiyimlarini ko‘rib turish uchun «siti»da ofis va xonadonlarni yuz minglab dollarga sotib olmagan. O‘ziga o‘xshagan muvaffaqiyatli, sog‘lom, boy qatlam vakillari bilan kundalik hayotini o‘tkazmoqchi.

«Citi»ga yopirilib kelayotgan qashshoqlashib ketgan pastki tabaqa ularning kayfiyatini tushirib yuboryapti. Gapda bo‘lsa ham ijtimoiy tenglik, birodarlikni targ‘ib etib, sinflashishning oldini olishga harakat qilgan sobiq sotsialistik O‘zbekistonda “teng tengi bilan, tezak qopi bilan” falsafasi, sotsial-darvinizm uzil-kesil g‘alaba qildi. Tabaqalashish – normal holat, boy va xizmatchilarga bo‘linmagan jamiyatning dunyoda o‘zi yo‘q.

Nomenklatura uchun maxsus oromgohlar, do‘konlar va hokazo imtiyozlar SSSRda ham bo‘lgan. Hamma gap bu sotsial-darvinizmni madaniylashtirib, qolipda ushlab turish, salbiy oqibatlarini cheklashda. Biz hali bu darajaga yetib kelmadik.

Sardor Salim. Jurnalist.

Rassom Elsevar, eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 aprel 2020
O‘zbekistonda kechayotgan karantin va cheklovlar tufayli hammadan ko‘ra kunlik ishlab pul topadiganlar qiyin ahvolga tushib qoldi. Oila boqishga, qorin ...
2 may 2015
AQSh Davlat departamenti matbut vakili Jeff Ratke 1 may kuni Vashingtonda o‘tgan matbuot brifingida O‘zbekiston hukumatini uzoq yildan beri ...
16 may 2022
Assalomu alaykum Tuz og‘a, sizga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan murojaat qilyapmiz. Hech kimga sir emas, uch-to‘rt kundan keyin mahalla ...
31 avgust 2018
Tungi klub qo‘riqchilari bilan pichoqlashuvda 8 avgust kuni toshkentlik sportchi Jamshid Kenjaevning o‘limi ortidan mamlakatda «tozalash» ishlari boshlab yuborildi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...