Catira
2 avgust 2018

Fantastika: O‘zbek hojilari shayton ramzi sifatida Karimov haykaliga tosh otdi

Albatta, bu Tuz degan rassomning xayol mahsuli, xolos.

Aslida o‘zbekistonlik hojilarning shaytonga tosh otgani mana bunday kechdi.

Shu yil 24 sentyabr o‘zbek hojilari Muzdalifadan Minoga qaytib keldilar va shaytonga tosh otish uchun Jamarot maydoniga yo‘l oldilar.

Yo‘llarda goh talbiya, goh takbir aytib yurishdi. Hojilarimiz hayitning birinchi kuni Jamarot maydonidagi ramziy katta shaytonga 7 ta tosh otdilar.

Hayitning ikkinchi va uchinchi kunlari hojilarimiz kichik, o‘rtacha va katta ramziy shaytonga 7 tadan jami 42 ta tosh otdilar.

Shaytonga tosh otiladigan ustunlar uchta bo‘lib, (Ularning Karimov¸ Inoyatov va Mirziyoevni tamsil qilgani haqidagi gaplar noto‘g‘ri) ziyoratchilar hayitning birinchi kuni birinchi va ikkinchi ustunlarga tosh otilmay o‘tib ketaverdilar.

Uchinchi ustunga borib, ya'ni katta ramziy shaytonga yuzlanib 7 ta tosh otishdi.

Har tosh otayotganda “Alloh buyukdir! Ey, Allohim, Rahmonning toati shaytonning xorligi uchun, Kitobingni tasdiqlab Payg‘ambaring sunnatiga ergashgan holda otaman”, deyishdi.

Darhaqiqat, Alloh buyuk O‘zbekiston zolimlari esa past va zabundir.

Rassom: Tuz,
eltuz.com,
2015 yil 27 oktyabr

Tag‘in o‘qing
13 noyabr 2017
Qozog‘istonning Sayram tumanida yashovchi 34 yoshli Xayrulla Normetov «o‘ris diniga kirib ketgani uchun» xotinining qorniga pichoq tiqqanini iddao qilib, ...
15 dekabr 2021
Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi O‘ktam Qurbonovning bug‘doy rejasini bajarmagan hududiy rahbarlarni uyat gaplar bilan so‘kkani haqidagi maqola e'lon ...
19 avgust 2019
Yonidan Muhammad Solih kitoblari chiqqani uchun bosimga uchrayotgan shoir Mahmud Rajab tergovi respublikada o‘tgan hafta kechgan quyidagi voqealar fonida ...
6 noyabr 2023
Gitlerga oshiq bo‘lish yigirmanchi asrda qolib ketgan ruhiy anomaliya deb o‘ylardim. Nemis xotinlari Gitler gapirganda hayajondan siyib tashagan. Yigirma ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...