Video
23 iyul 2017

Turkistonliklar qo‘zg‘oloni haqida (video)

Bundan yuz yil burun Turkistonda ro‘y bergan bu voqea mintaqaning bo‘lingan mamlakatlarida bugun turlicha talqin etiladi.

Asli Toshkentda boshlangan voqea O‘zbekistonda Jizzax, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda Yettisuv, Tojikistonda esa Xo‘jand voqeasi sifatida aks etgan.

1916 yilgi isyon chog‘ida yarim million xalq qirib tashlangan, 30 ming rus askari pulemyot va zambaraklardan o‘q otgan, Rossiya mintaqadagi qo‘shinlari sonini ko‘paytirgan va ko‘chib kelgan slavyan aholisiga qurollar tarqatgan edi.

Yevropada birinchi jahon urushi avjiga chiqqan davr, Rossiyaga jonli zambarak yemi sifatida mardikorlar zarur edi va 28 iyun kuni Oqposhshoning bu haqdagi farmoni Toshkentga yetib keladi.

O‘zgalar urushida qatnashishdan bosh tortgan xalq ichidagi norozilik iyul oyiga borib ommaviy ko‘zg‘olonga aylanadi va u shafqatsizlarcha bostiriladi. Avgust oxiriga borib Turkistonda favqulloda xolat joriy etiladi.

Bu qonli voqealar haqida chor imperiyasi davrida gapirish taqiqlangan edi. Biroq Sovet davriga kelib 32-yili o‘zbek kinorejisseri Sulaymon Xo‘jaev bu haqda bir film oldi va ayni voqealarni milliy ozodlik harakati sifatida talqin etdi.

Biroq, Sulaymon Xo‘jaev 34-yili qamoqqa olindi. Uning «Tong oldidan» filmi esa NKVD tomonidan yo‘q qilindi. 1937 yili esa u «xalq dushmani» sifatida otib tashlandi.
Bugun qullik bo‘yicha dunyo miqyosida oldingi marrani egallagan O‘zbekistonda odamlar paxtaga va Rossiyaga mardikorga chiqishda davom etarkan, qullikka qarshi isyon haqidagi film muallifi kabi, xalq qirg‘in qilingan kun ham eslanmaydi.

Videoning youtubedagi manzili: http://youtu.be/0BcD9gLs7qU

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 sentyabr 2017
Farg‘ona viloyatida huqumatning o‘qituvchi va shifokorlarni paxtadan qaytarish buyrug‘iga qaramay, ular hamon dalada qolib paxta terishmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, shifokorlar ...
18 avgust 2018
Shveytsariya federal jinoyat sudi O‘zbekistonning birinchi prezidenti marhum Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova advokatlarining unga tegishli, mazkur mamlakat banklarida ...
10 iyun 2016
Bugun, 10 iyun – toshkentliklar uchun og‘ir yo‘qotish, eng ekologik jamoat transporti bo‘lgan tramvay so‘nggi manzilga kuzatilganini yana bir ...
4 may 2017
O‘rislar «jivuchiy» deydi. O‘zbekchada «yashovchan», «chidamli» deb tarjima qilinadi ko‘pincha. «Moslashuvchan» deb o‘girish ham mumkin. O‘zbek matbuotiga nisbatan shu ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...