Asosiy mavzular
28 yanvar 2017

O‘zbek publitsistini milliy nizoda ayblashmoqchi

Mustaqil o‘zbek publitsisti Shuhrat Salomov Armani va Ozarbayjon jamiyatining o‘zaro milliy ziddiyatlari ostida qoldi.

24 yanvar kuni o‘tgan asrlarda ko‘hna Farg‘ona vodiysida yuz bergan tarixiy voqealar haqidagi asarlari uchun uni O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga chaqirishgan.

Shuhrat Salomovning advokatiga ko‘ra uni „milliy nizo qo‘zg‘agani uchun“ javobgarlikka tortishmoqchi.

Eltuz Shuxrat Salomov bilan bog‘landi, biroq u surishtiruv tugamaguniga qadar uning tafsilotlarini ochmasligini bildirdi.

Shuxrat Salomov «Turkiston va Janubiy Kavkaz XIX-XX asrlarda. Dashnoqlar: Farg‘onadan to Qorabog‘gacha», «Qorabog‘: g‘oyalar urushi» kitoblari muallifidir.

Bu kitoblarda 1918 yili Markaziy osiyo va Ozarbayjonda armanilar tomonidan mahalliy aholiga nisbatan qilingan qirg‘in haqida so‘z yuritiladi.

Ayni motivlar internetda armani va ozarbayrjonlar o‘rtasidagi katta munozaraga sabab bo‘ldi.

Salomovning himoyachisi Muxtor Mustafoev, muallifga bosimlar bo‘layotgani, yaqinda uning uyiga bezorilar hujum qilib oynasini tosh otib sindirishgani haqida ozarbayjon matbuotiga bildirdi.

Salomovga ko‘ra, O‘zbekistondagi Ozarbayjon madaniy markazi uni himoya qilmoqda, bir guruh o‘zbek advokatlari beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.

Biroq O‘zbekiston bosh prokuraturasi qaysi pozitsiyada ekani noma'lum.

Video: https://youtu.be/3gsqrsqkVuA

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 oktyabr 2020
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Frantsiya mollarini boykot qilishga chaqirdi. Tushundik. Xitoy mollariga boykot qilsak qandoq bo‘lar ekan, rais? ...
4 mart 2016
Pul evaziga oyoq to‘pi o‘yinini spektaklga aylantirgan kelishilgan o‘yinlar qiroli Camvel Babayanni rassom Elsevar hajv qildi. Rassom Elsevar Eltuz.com
1 iyun 2017
30 may kuni ijtimoiy tarmoqda prezident Mirziyoevning bankirlarni keskin tanqid qilgani audiosi paydo bo‘ldi. Videoselektrdan yozib olingan audioda prezident ...
1 noyabr 2016
Rossiyada Karimov nomidagi hiyobonning paydo bo‘lishi birinchi noyabrga, boshqacha aytganda jodugarlar kuni – Hellouinga to‘g‘ri keldi. Moskva meriyasi shuningdek, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...