Asosiy mavzular
16 mart 2017

Ziyolilar Karimovning ulug‘lanishiga qarshi

Mirziyoevning Karimov xotirasini abadiylashtirish haqidagi qaroriga bir nechta o‘zbek ziyolilarning qarshi chiqishi ortidan tarmoqda ularni badnom qilishga urinishlar boshlandi.

Qarshi va tarafdorlar o‘rtasida dahanaki jang davom etarkan 10 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoev Turkmanistonda bo‘lib, Karimov haykalining tantanali ochilishida qatnashdi.

Ko‘chalar, universitetu zavodlar, san'at saroylaridan tashqari, Xalqaro Toshkent aeroportiga Karimov nomini berishni ko‘zlagan qarorga dastlab shoir Jamol Kamol, bastakor Zohid Haqnazarov va olim Baxodir Musaevlar tanqidiy qarashlarini bildirishgandi.

Jamiyatshunos olim Bahodir Musaev, ularga haqorat yog‘dirayotganlarni kasal bir jamiyat deya ataydi. Barcha zamonlarda bo‘lgani kabi, jamiyatning eng yaxshi vakillari bor va ularga qarab xalq haqida xulosa qilish lozim deydi u.

O‘zbekistonlik boshqa bir ziyoli Anvar Xusainov fikricha bu hurujlar karimovchilik davri illatidir.

Kanadada yashovchi andijonlik yozuvchi G‘afur Yo‘ldoshev Xalqaro aeroportga Karimov nomining berilishiga aslida ko‘pchilik qarshi ekanini aytadi.

Shu yilning 25 yanvarida imzolangan qaror, professor Haqnazarovning fikricha Mirziyoevning Karimov xotirasiga bo‘lgan shaxsiy munosabatinigina anglatadi.

Aeroportni nomlashda Eltuz suxbatdoshlari Jamol Kamol taklifini ko‘proq qo‘llashlarini bildirishadi.

Oliy ahloq va insoniy printsiplardan kelib chiqib Karimov nomi faqat yomonlik xotirasi sifatida eslanishi lozim, deydi Bahodir Musaev.

Karimov buyrug‘i bilan ruhiy davolanishga majburlangan uning jiyani Jamshid Karimovning shifoxonadan chiqqanidan keyingi suvratiga ishora qilib, «mening har bir yurtdoshim, agar uning vijdoni o‘lmagan bo‘lsa, uning ko‘zlarga boqib, mening fikrimga qo‘shilishi kerak» deydi u.

Video: https://youtu.be/ltjpawqNGws

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 aprel 2016
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning o‘zbek tilini bilmasligi haqida ijtimoiy tarmoqda qoldirgan izoxi shov shuvga sabab bo‘ldi. 38 ...
11 sentyabr 2018
Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi, 42 yashar Baxtiyor Abdusamatov o‘z ish kabinetida 7 sentyabr kuni 400 ming AQSh dollari ...
9 mart 2020
1965 yilning 8 marti. “Xorazm haqiqati” gazetasining birinchi varag‘ida oq xalat kiygan vrach ayolning yangi tug‘ilgan chaqaloqni osmonga ko‘tarib ...
27 oktyabr 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi (26.10) shu nomdagi partiyaning parlamentdagi fraktsiyasi yig‘ilishida 2017 yilga mo‘ljallangan byudjetnoma – davlat byudjeti, davlat maqsadli ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...