Stokgolmda samarqandlik terrorchiga qarshi miting bo‘ldi
9 aprel kuni ertalabdan, odamlar oqimi Drottningatan markaziga intila boshladi. U yerda yuz bergan terror hujumiga qarshi motam mitingi o‘tmoqda.
7 aprel kuni Stokgolmning ayni markaziy maydonida samarqandlik 39 yashar Raxmat Oqilovning yuk mashinasini olib qochib, olomon ustiga haydagani rasmiylar tomonidan ochiqlandi.
Miting ancha sokin o‘tayotganini kuzatish mumkin. Juda ko‘p odamlar fojea sodir bo‘lgan nuqtalarga kelib, hujum qurboni bo‘lgan to‘rt nafar vatandoshlari xotirasiga gullar qo‘yishmoqda, shamlar yoqishmoqda.
Bundan ilgari ayni maydonga kiradigan yo‘llar politsiya tomonidan yopilgan, jamoat transporti yo‘nalishi vaqtinsa to‘xtatilgan edi.
Shuningdek birinchi tergov so‘roqlaridan so‘ng, gumonlanuvchi Raxmat Aqilovga tegishli bo‘lgan telegram akkauntidan quyidagi ma'lumotlar yuzaga chiqdi.
Bunda u rus tilida o‘z sherigiga o‘zi istaganidan kam odamni maginaga bostirganidan afsuslanganini bildirgan.
Oldingi, yozuvlarida esa u, hujumga tayyorlanayotgani bildirgan, qanday bomba tayyorlash mumkinligi haqida maslahat so‘ragan edi.
Video: https://youtu.be/wdqxPcQfGBQ
Eltuz.com