Adashgan haykallar… (video)
Karimov davrida shahar chekkasiga chiqarib tashlangan Shomahmudovlar haykali yana markazga qaytarilmoqda.
“San'at asari o‘laroq men bu haykal majmuasini hech qachon qabul qila olmaganman, balki bu mening ichimdagi sotsialistik realizmni qabul qila olmaslik hissining ko‘rinishidir e'timol”, dedi Muhammad Solih Eltuz muxbiriga bergan intervyusida.
Muhammad Solih, 1949 yili ko‘chishni orzu qilgan “Adashgan haykallar” badihasini yozgan edi.
“Non do‘koni oldida turgan odamlarday qatorlashib turgan” haykallarning qachon va nima uchun “bu yerga kelib qolishganligini” o‘zlari ham bilmasliklarini u o‘sha paytda sovet davriga xos sarkazm bilan tasvirlagan.
“Nega bu yerda Bayron emas Pushkin o‘tiribdi?” degan savolga uning hayoliy qahramoni “Chunki men uning muxlisiman!” deya qitmirlik bilan javob beradi.
Bu so‘zlar oq qayinlarni sog‘ingan Pushkin orzusiga zid…
“Agar haykallardagi shiddat yolg‘on bo‘lmasa, bizning ko‘zimizni aldamagan bo‘lsa, ular o‘zlari turgan supadan bir kuni, shubhasiz, tushadi va xohlagan tomonga ravona bo‘ladi…”
Bu gaplar 40 yil burun aytilganiga ko‘pchilikning aqli bovar qilmaydi, Chunki, Pushkinni yoki Shomahmudovlarni joyidan qo‘zg‘atish u paytda hech kimning hayoliga ham kelmagandi.
“Bu maqola aslida haykallarni ko‘chirish haqida emas, ularni keltirgan rus istilochilarining ketishini orzu qilib yozilgan edi”, deydi Muhammad Solih
Oradan qirq yil o‘tib Pushkin ham ko‘chirildi.
Muhammad Solih qahramoni bo‘lgan haykal go‘yo faqat o‘z tayog‘ini yo‘qotgan bo‘lsa, 2017 yilning aprelida bir kechada ko‘chirilgan Shomahmudovlar bolg‘a bilan sandonidan tashqari 15 yetim bolasidan bittasini ham yo‘qotishdi…
Eltuz.com