Rashid Shadat: Film taqiqlansa, qaytanga uning tomoshabini ko‘paymaydimi?
Mamlakatga olib kirish, nusxa ko‘chirish va tarqatish tavsiya qilinmaydigan bu filmlarda, ekspertlar komissiyasiga ko‘ra, zo‘rovonlik yoki jinsiy buzuqlik sahnalari aks etgan.
«Tomoshabin o‘zi tanlashi kerak qaysi kinoni ko‘rishni» dedi Shadat Eltuz muxbiri bilan suhbatda.
2013 yili «Yurduzlar janggi» filmida ishtiroki bilan kar'erasini boshlagan toshkentlik akter Rashid Shadat, bu yil ham ikkita katta film – «Mo‘'jiza ayol» (Wonder woman), va «Mumiyo» (The Mummy) filmlarida ishtirok etdi.
O‘zbekistonda taqiqlangan filmlar ro‘yhatiga bu yil chiqarilgan filmlar kirmagan.
Kanadada yashovchi jurnalist Ulug‘bek Ashurga ko‘ra, ayni «Mumiyo» filmi qo‘rqinchli janrda olingani uchun o‘zbek tsenzurasi chekloviga tushishi mumkin.
Shadatning Eltuzga bildirishicha, taqiqlab, yana bu ro‘yxatini chiqarib qo‘yish – filmlarga katta bir reklamaday ta'sir qiladi.
Ularni bugungi kunda Internetdan qidirib topish, o‘zbek yoshlari uchun hech qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Video: https://youtu.be/jL2BuKh_r-o
Eltuz.com