ART-DURBIN
27 yanvar 2018

Imom Buxoriy filmi muallifiga O‘zbekiston vatandoshligi berildi

“Imom al-Buxoriy” va “Buyuk Amir Temur” kabi filmlarni suratga olgan taniqli kinochi Baqo Sodiqov prezident farmoni bilan O‘zbekiston vatandoshi bo‘ldi.

76 yashar Sodiqov yaqinlarining “Eltuz” muxbiriga aytishicha, kinochiga pasport 26 yanvar kuni topshirilgan. O‘sha kuni Baqoev doxil 26 kishiga O‘zbekiston vatandoshligi berildi.

Baqo Sodiqov 1941 yil 13 iyulda O‘zbekistonning Buxoro viloyatida tug‘ilgan.

Sovet davridayoq ko‘pgina kinolar suratga olgan Baqo Sodiqov 1993 yildan beri O‘zbekistonda fuqaroligi yo‘q shaxs sifatida yashab keladi.

Toshkent teatr va rassomlik institutini tugatgan Sodiqovning 1977 yili suratga olgan “Adonis – XIV” filmi 1986 yilda Berlin kinofestivali bosh sovrinini olgan edi. Film qo‘ylarni qassobxonaga yetaklab borib, o‘zi qutulib qoladigan taka haqida hikoya qiladi. Sinchilarga ko‘ra, film KGB chaqimchilari haqida majoz tili bilan hikoya qilgan.

Toshkent kinomaktabi vakili bo‘lgan Baqo Sodiqov bir muddat “Tojikfilm” studiyasida faoliyat ko‘rsatdi. Tojikiston SSR san'at arbobi va Rudakiy mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

To‘qsoninchi yillarda Tojikistonda yuz bergan urush davrida Baqoev bir tarafdan millatchilar ikkinchi tarafdan diniy ekstremistlar nafratiga nishon bo‘ldi. Buning ortidan Sodiqov O‘zbekistonga qaytib ijod qilishni ma'qul ko‘rdi.

Baqo Sodiqov o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik kinematograflar bilan hamkorlikda bir nechta filmlar suratga olgan. Bu filmlar orasida “Josus”, “Orol”, “Imom al-Buxoriy” va “Buyuk Amir Temur” filmlari bor.

Akmal Rizaev
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 mart 2017
Farg‘ona viloyatida shoqollar to‘dasi uch kun ichida 22 ta qo‘yni bo‘g‘izlagani ortidan mahalliy hukumat 20 martdan boshlab ularni yo‘q ...
26 mart 2018
Namanganning Pop tumanida 25 mart kuni mobil telefonni hojatxona chuquridan olmoqchi bo‘lgan ikki kishi o‘ldi. Voqea kechqurun soat 22.00 ...
22 dekabr 2016
21 dekabr kuni Toshkent shahar sudida Davron Norboev hakamligida diniy ekstremizmda ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs ustidan sud davom etdi. ...
13 fevral 2024
17 ta fermer xo‘jaliklari birlashib tashkil etgan “Eko Zamin Oltin Tolasi” ishlab chiqarish kooperativi (IChK) ishi.   Fermerlar 2023 ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...