Catira
5 fevral 2018

Moskva Inoyatov ko‘zyoshlariga ishondimi? (video)

MXX raisi Rustam Inoyatov o‘z daxlsizligini Moskva orqali olgani haqida «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solih o‘z manbalariga tayanib bildirdi.

U, shuningdek, Inoyatovning iste'foga chiqqan kuniyoq Moskvaga uchib ketgani, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Bortnikovdan panoh so‘ragani, u yerda o‘zi va yaqinlariga Mirziyoevdan daxlsizlik berilishini savdolashgani haqida «Eltuz» muxbiriga intervyu berdi.

Ishdan ketishi bilan uning avvaliga prezident maslahatchisi, keyinchalik esa sirli bir tarzda senatorlikka «saylanishi» rus matbuoti nazaridan ham chetda qolmadi.

Ayrim nashrlar MXX raisi Rustam Inoyatovning ishdan ketishini NKVD rahbari Beriyaning iste'fosi bilan tenglashtirdi.

«Beriya bilan taqqoslash – bu shunchaki metafora emas. O‘z raisligi davrida Inoyatov MXXni mutlaqo NKVDga loyiq idoraga aylantirdi», deya yozdi Moskvada chiqadigan «Novaya gazeta«.

«Farg‘ona» nashri prezident Mirziyoev Inoyatovni jazolashga hali tayyor emasligi haqida yozdi. «Asiaterra» nashri esa MXXni Rustam Inoyatov uchun mustahkam zirhli «qora quti»ga qiyosladi.

31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatilgani va Mirziyoevning MXXni tanqid qilgani haqida «O‘zbekiston 24» kanalida ko‘rsatuv ham berildi.

MXX raisi lavozimiga shu vaqtgacha O‘zbekiston Bosh prokurori bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

23 yildan beri MXX raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Inoyatovning bo‘shatilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning MXXni ochiq tanqid qilgani ortidan yuz berdi.

Rassom Kirpi Inoyatovni himoya istab Rossiya KGB mulozimi qo‘yniga otilgan o‘zga mamlakat generali sifatida aks ettirdi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 may 2017
O‘zbekiston prezidentining tergov jarayoniga oid yangi qarori ijobiy baholanayotgan bo‘lsa-da, mamlakatda kuchli advokatura, fuqarolik jamiyati va mustaqil ommaviy axborot ...
18 sentyabr 2017
Xorazm viloyatida ommaviy paxta terimi 10 sentyabrdan boshlab yuborilgan. Viloyatdagi “Najot” Inson huquqlari tashkiloti tarqatgan xabarga ko‘ra, paxta terimiga ...
13 aprel 2018
Toshkentning Uchtepa tumani aholisi bilan 10 aprel kuni o‘tkazgan muloqotida IIV o‘rinbosari, Toshkent shahri IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘raev soqol ...
12 noyabr 2021
Aziz va qadrdon, sevgili va sevimli, bir-biridan ardoqli tomoshabinlarim. Siz bilan noyabr oyida ikkinchi marta hamsuhbat bo‘lish baxtiga noil ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...