Catira
28 fevral 2018

«Eltuz» xabari ortidan MXX zobiti Toymuroz Alimov qamaldi

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov buyrug‘iga ko‘ra, qamoqxonalarda saqlangan ba'zi siyosiy va diniy mahkumlarni “likvidatsiya qilish”da qatnashgan Toymuroz Alimov 26 fevral kuni hibsga olindi.

MXX zobiti Toymuroz Alimov

MXX zobiti Toymuroz Alimov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi – qasddan odam o‘ldirish, 301-moddasi – hokimiyatni suiiste'mol qilish, 230-moddasi – aybsiz odamni javobgarlikka tortish kabi ayblovlar bo‘yicha tergov qilinmoqda.

Bu haqda «Eltuz»ga general Shuhrat G‘ulomov ustidan qo‘zg‘atilgan tergov ishiga aloqador bo‘lgan MXX zobiti o‘z ismini oshkor etmaslik sharti bilan ma'lum qildi.

MXX zobiti so‘zlariga ko‘ra, Toymuroz Alimov «tergov qilinayotgan mahkumlarni o‘ldirishga aloqadorlikda» ayblanmoqda.

Uning iddao qilishicha, shaxsan general Shuhrat G‘ulomovning buyrug‘i bilan 2010-2014 yillar davomida ellikka yaqin diniy va siyosiy mahkum o‘ldirib yuborilgan.

Uning aytishicha, o‘ldirilganlarning hammasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan aybdor deb topilgan fuqarolar bo‘lgan.

Shuningdek, Toymuroz siyosiy faollarini jismonan yo‘q qilish amaliyotlariga shaxsan aloqador bo‘lgan.

«Eltuz» nashri Toymuroz Alimov va Javdat Sharifxo‘jaev nazorati ostida yana bir mahkum – xorazmlik tadbirkor Rahimboy Yo‘ldoshevning 2010 yil avgustida o‘ldirib yuborilganini aniqlab, maqola e'lon qilgan edi.

Ayub Mingboev
«Eltuz»ning Toshkentdagi muxbiri
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 mart 2016
“XXI asr” gazetasi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi –O‘zLiDePning 2015 yilgi byudjeti ijrosi va 2016 yilgi byudjetning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni ...
30 iyun 2021
Shovot tumani hokimligi 28 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “G‘alla rejasini bajargan fermerlardan qo‘shimcha g‘alla talab qilinmoqda” mazmunidagi xabar ...
12 sentyabr 2016
«Oila davrasida» gazetasi (08.09.2016) bugungi O‘zbekistonning oddiy aholisini eng ko‘p o‘ylantirayotgan muammolardan biri – bank plastik kartasi orqali moliyaviy ...
6 fevral 2016
Har bir o‘quv yili, choragi O‘zbekiston maktablarining eski an'anasi bo‘lgan makulatura, temir-tersak, obuna, turli jamg‘armalardan tashqari, tug‘ilgan kun, archa, ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...