Asosiy mavzular
20 aprel 2018

Chex politsiyasi o‘zbek UBER kirakashi faoliyatini to‘xtatdi

An'anaviy taksiga muqobil, oddiy kirakashlarga boyish imkonini beradigan Uber taksi xizmati shu kungacha dunyodagi minglab o‘zbeklarni badavlat qildi.

Shu bilan birga, biznesning bu turi bois ko‘ngilsizliklarga yo‘liqayotgan o‘zbeklar ham talay.

Chexiya poytaxtida 100 dan ortiq o‘zbek Uber taksi haydaydi, shulardan biri 31 yoshli Hayotullo Boyboevdir. 19 aprel kuni Praga aeroportida politsiya uni to‘xtatib, xalqaro nusxadagi haydovchilik guvohnomang yo‘q, deb so‘roq qildi.

Boyboevning so‘zlariga ko‘ra, uning qo‘lida O‘zbekistonda berilgan haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan.

«Eltuz» muxbiri Praga politsiyasi bilan ham gaplashdi. Politsiya hodimiga ko‘ra, qonun xalqaro haydovchilik hujjatini talab qiladi.

Boyboev «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida chex politsiyasi unga qo‘pol munosabatda bo‘lganini aytdi.

Biroq chex politsiyasi xodimining «Eltuz»ga bildirishicha, qo‘pol munosabatni Boyboevning o‘zi boshlagan va politsiyachilarga qarab baqirgan.

«Shunga qaramasdan, chex tilini bilmagani bois biz savollarimizga javob bera olmagan bu o‘zbek huquqbuzari bilan maksimium xushmuomala bo‘ldik, so‘roq paytida videokamera ishlab turgan, istasangiz ko‘rishingiz mumkin», dedi Pragadagi Vaslav Havel nomidagi aeroport politsiyasi xodimi.

Politsiyaning Uber taksichilariga bo‘lgan bunday munosabatiga yana bir sabab Chexiyada an'anaviy taksichilarning Uber kirakashlariga qarshi surunkali davom etayotgan noroziliklaridir.

Sal oldin raqobatga chiday olmagan mahalliy taksichilar Boyboevning mashinasi faralarini sindirishgan, shuningdek, unga tahdid ham qilishgandi. Hayotulla bagajida olib yuradigan yarim metrlik xanjari yordamida tajovuzkorlarni haydaganini aytadi.

Boyboev unga solingan 2000 dollar miqdoridagi jarimani qanday to‘lashini bilmaydi, mashina esa unga Pragada yashaydigan asli buxorolik tadbirkor tarafidan ijaraga berilgan edi.

Biroq baribir u muammolarini hal qilib, chex tilini o‘rganib, chex guvohnomasini olib, Pragada Uber taksichilik qilmoqchi, chunki bundan-da serdaromad ishni ko‘rmagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2021
Yoshlikdan kitob o‘qishga o‘ch bo‘lganman. Ko‘chada yurib ketayotib ham kitob o‘qigan paytlarim bo‘lgan. Kutubxona eng sevimli maskanim edi. Shaharga ...
12 fevral 2019
Bugun Toshkent metropolitenidan foydalanayotgan yuz minglab vatandoshlarimiz yana shu savolga javobni bilishga haqli. Lekin metropoliten rahbarlari nega bir necha ...
3 may 2020
Hech qachon rus xalqiga kin va nafrat tuymadim. Aksincha, yoshligimda Rusiya bilan bog‘liq ishlarimda (adabiyotda kabi siyosatda ham) juda ...
24 oktyabr 2015
N. Imomov Eltuz.com … Musoqul chol har kungidek qirda qishloqni tomosha qilib o‘tirardi. – Buncha hansiraysan? – Qodirboy mallaning ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...