Catira
22 may 2018

O‘zbek karikaturachisi «Ozodlik»ni mol tanasidan qurt terayotgan qushga o‘xshatdi

Taniqli o‘zbek karikaturachisi Mahmud Eshonqulov Turkiyada o‘tgan «Suv – hayot» xalqaro tanlovi sovrindori bo‘ldi.

22 may kuni «Eltuz» muxbiriga intervyu bergan Eshonqulov tanlov g‘olibi sifatida Turkiyaning Amasiya shahriga taklif qilishganini bildirdi.

«Biz satira rassomlari sifatida illatlarni fosh qilamiz. Afsuski, bizni ko‘p ham tushunaverishmaydi, ko‘pchilikda yumor hissi yo‘qolib ketyapti», dedi Eshonqulov «Eltuz» bilan suhbatida.

U yaqinda chizgan rasmida dunyoni sigir, «Ozodlik» radiosi jurnalistlarini esa uning yelkasidagi parazitlarni cho‘qib yo‘q qilayotgan qushlar ramzida aks ettirdi.

«Ularning maqsadi shu – demokratiya! Xalq yaxshi yashashi kerak, ozod yashashi kerak. Men shunday tasavvur qildim», deydi Eshonqulov o‘z rasmiga izoh bera turib.

Mahmud Eshonqulov Umumjahon karikaturachi rassomlari uyushmasi (UWC) a'zosidir. 2017 yili Hindistonda o‘tgan siyosiy karikaturalar tanlovida ham u birinchi o‘rinni egallagan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 fevral 2021
Baxtibek to‘rt marta uylangan va har bir xotinidan ikkitadan farzandi bor. U allaqachon hech qaysi xotini bilan yashamaydi. Chamamda ...
26 may 2020
Dissertatsiya qo‘lyozmasi toshqinda yaroqsiz holga kelganini iddao qilgan 28 yashar sirdaryolik Kamola Abrorxonovaga prezident topshirig‘i bilan doktorlik darajasi berildi. ...
30 iyun 2017
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 30 iyun kuni “Ëshlar” telekanaliga Bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda prezident Mirziyoev “Kamolot” ...
3 dekabr 2023
Eltuzning kriminal yangiliklar berayotganiga qarshi «maqola» nashr qilishibdi. Grammatik xatolarga liq to‘la anonim maqola! Hali Salim qamoqqa olinishidan oldin ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...