Paxta terimida majburiy mehnat holatlari haqida bizga xabar bering!
«Eltuz»ning qadrli o‘quvchilari!
Agar sizni yoki tanishlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy majburiyatlaringizga bog‘liq bo‘lmagan, qo‘shimcha haq to‘lanmaydigan ishlarga majbur qilishsa, bosh tortsangiz yoki qandaydir jazo qo‘llanilishidan qo‘rqsangiz, bizga xabar yozing.
Majburiy mehnat O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra taqiqlangan. Siz “hashar” yoki “shanbalik” deb ataladigan, haq to‘lanmaydigan ishni bajarishga majbur emassiz. Afsuski, majburiy mehnat uzoq yillar davomida hayot tarzimizning bir qismi bo‘lib keldi.
Ammo so‘nggi vaqtlarda prezident va bosh vazir bu jarayonga chek qo‘yishni va'da qilmoqda. Keling, amalda shunday bo‘ladimi, tekshirib ko‘raylik!» deyiladi «Eltuz»ning murojaatda.
Videomurojaatga «Eltuz»ning Youtube, Telegram, Feysbuk, Odnoklassniki, Tvitter tarmoqlaridagi kanallari orqali javob yo‘llash, munosabat bildirish mumkin.
Eltuz.com