Asosiy mavzular
10 sentyabr 2018

Tanlovni cheklaydigan jamiyat – faqat o‘zini cheklaydi

Keskin qarashlari bilan ijtimoiy tarmoqda tanilgan jizzaxlik tadqiqotchi Rafael Sattorov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistondagi tuzumni «arxaik neofeodal jamiyat», deya atadi.

«O‘zbek ziyolilari orasida, bizda dindorlarni ta'qib qiladigan sekulyar jamiyat mavjud, degan noto‘g‘ri qarash bor», dedi u «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida.

Aksincha, Sattorovning fikricha, o‘zbek jamiyati diniy aqidalardan ko‘ra sekulyar dunyoqarashni ko‘proq ta'qib qiladi. Masalan, televizorda hijobni cheklashdan ko‘ra odamlarning kundalik kiyim-boshi, yurish-turishini cheklashga oid ko‘rsatuvlar ko‘proq.

«Bunga bag‘ishlangan yana qancha son-sanoqsiz tadbirlar o‘tkaziladi universitetlarda. Masalan, har xil subkulturalar bor. Ular xohlagan kiyimini kiya olishmaydi, birlasha olmaydi – ularga darrov bosim o‘tkaziladi. Qandaydir ayblov yorliqlari yopishtiriladi…», deydi u.

Uning fikricha, dindorlarga bag‘ishlangan, ularning huquqini cheklovchi ko‘rsatuvlar esa juda sanoqli.

«Eltuz» muxbirining so‘nggi haftada bir qancha diniy blogerlarning jazoga tortilganiga oid e'tirozli savoliga javoban Sattorov ularning aynan hukumat siyosatini yurgizayotgan dindorlardan farqli fikr bilan chiqqanlari uchun jazolanishganini aytadi.

«Mana, qamalgan blogerlarning bir Ziyovuddin Rahim. U o‘zining diniy fikrlari bilan boshqa shaxslarning erkin tanloviga qarshi bo‘lgan ro‘mol o‘ramagan ayollarni fohishalarga tenglashtirgan, serial ijodkorlarini vatan xoinligida, farzandlariga harom luqma yedirganlikda ayblagan. U boshqalar erkini cheklamoqchi edi, mana o‘ziga ham qaytib keldi shu cheklov…», deydi Rafael Sattorov.

Jamiyat tinimsiz sekulyar fikrni cheklash bilan ovora bo‘larkan, Sattorovning fikricha, bu mamlakatga ishonchning yo‘qolishiga, fikrlovchi shaxslarning mamlakatni tark etishiga, o‘qish o‘rniga tinimsiz qanday kiyimda kelish muhokama qilinadigan maktablarni esa bo‘lg‘usi gasterbayterlar bitkazishiga olib kelishi mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 fevral 2017
Deputatlar ham kutib turgan ekan shekilli, prezidentning faol bo‘ling, degan topshirig‘idan keyin bel bog‘lab xalq bilan ham tillashishga tushib ...
27 oktyabr 2016
Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish uchun qiz bola bo‘lib ...
11 fevral 2021
Andijonlik fuqarolardan birining aytishicha, u bir necha oydan beri viloyat hokimi qabulga kira olmayotir. Fuqaro omadi chopib uning qabuliga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...