Asosiy mavzular
10 sentyabr 2018

Tanlovni cheklaydigan jamiyat – faqat o‘zini cheklaydi

Keskin qarashlari bilan ijtimoiy tarmoqda tanilgan jizzaxlik tadqiqotchi Rafael Sattorov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistondagi tuzumni «arxaik neofeodal jamiyat», deya atadi.

«O‘zbek ziyolilari orasida, bizda dindorlarni ta'qib qiladigan sekulyar jamiyat mavjud, degan noto‘g‘ri qarash bor», dedi u «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida.

Aksincha, Sattorovning fikricha, o‘zbek jamiyati diniy aqidalardan ko‘ra sekulyar dunyoqarashni ko‘proq ta'qib qiladi. Masalan, televizorda hijobni cheklashdan ko‘ra odamlarning kundalik kiyim-boshi, yurish-turishini cheklashga oid ko‘rsatuvlar ko‘proq.

«Bunga bag‘ishlangan yana qancha son-sanoqsiz tadbirlar o‘tkaziladi universitetlarda. Masalan, har xil subkulturalar bor. Ular xohlagan kiyimini kiya olishmaydi, birlasha olmaydi – ularga darrov bosim o‘tkaziladi. Qandaydir ayblov yorliqlari yopishtiriladi…», deydi u.

Uning fikricha, dindorlarga bag‘ishlangan, ularning huquqini cheklovchi ko‘rsatuvlar esa juda sanoqli.

«Eltuz» muxbirining so‘nggi haftada bir qancha diniy blogerlarning jazoga tortilganiga oid e'tirozli savoliga javoban Sattorov ularning aynan hukumat siyosatini yurgizayotgan dindorlardan farqli fikr bilan chiqqanlari uchun jazolanishganini aytadi.

«Mana, qamalgan blogerlarning bir Ziyovuddin Rahim. U o‘zining diniy fikrlari bilan boshqa shaxslarning erkin tanloviga qarshi bo‘lgan ro‘mol o‘ramagan ayollarni fohishalarga tenglashtirgan, serial ijodkorlarini vatan xoinligida, farzandlariga harom luqma yedirganlikda ayblagan. U boshqalar erkini cheklamoqchi edi, mana o‘ziga ham qaytib keldi shu cheklov…», deydi Rafael Sattorov.

Jamiyat tinimsiz sekulyar fikrni cheklash bilan ovora bo‘larkan, Sattorovning fikricha, bu mamlakatga ishonchning yo‘qolishiga, fikrlovchi shaxslarning mamlakatni tark etishiga, o‘qish o‘rniga tinimsiz qanday kiyimda kelish muhokama qilinadigan maktablarni esa bo‘lg‘usi gasterbayterlar bitkazishiga olib kelishi mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 dekabr 2015
Ulug‘bek Ashur, Eltuz.com Rasmiy OAV tomonidan yoritilmagan ushbu taqdimot marosimi O‘zbekiston poytaxtining xashamatli “Navro‘z” restoranida bo‘lib o‘tdi. Marosimga taklif ...
16 sentyabr 2022
Xitoyning demokratik o‘zgarishlar va Sharqiy Turkiston Ozodlik harakatiga qarshi kurash vositasi sifatida tuzilgan bu shubhali tashkilot keyinroq Rossiyaning imperiyachilik ...
12 avgust 2018
«Jasliqda bir oylarcha o‘tirganimizdan keyin vaziyat biroz yumshaydi. Tushlik, kechki ovqatlardan keyin 5 daqiqa bo‘lsayam bir-birlarimiz bilan gaplashishga imkon ...
19 iyun 2018
Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki 2018 yil 1 choragi bo‘yicha xususiy shaxslarning Rossiyadan boshqa mamlakatlarga jo‘natmalari statistikasini e'lon qildi. MDH ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...