Asosiy mavzular
1 may 2019

Oliy sud jurnalistlardan qasd olish buyurtmasini bajardi

O‘zbekiston Oliy sudi joriy yilning 16 aprel kuni junalistlar Bobojonovlarning uylari musodara qilinishi haqidagi sud qarorlari ustidan arizani «qanoatlantirmaslik» haqida rasman bildirdi.

Jurnalistlarning advokati Sergey Mayorov mahalliy hokimiyat idorasi roziligi va ruxsati bilan qurilgan, odamlar yashayotgan uylarning hokimiyat foydasiga musodara qilinishini «mutlaqo absurd qaror», deb atadi.

«Ushbu qaror buyurtma tarzida chiqarilgan. Har holda qaysidir davlat amaldorining jurnalistlardan aynan shunday qasd olganiga juda ko‘p alomatlar bor. Bu, albatta, noto‘g‘ri va adolatsiz qaror», deya ta'kidladi jurnalistlarni sudda himoya qilgan «Simay» advokatlik byurosi rahbari Sergey Mayorov «Eltuz» muxbiriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida Urganch tumani sudi jurnalistlar Bobojonovlarning uylarini musodara qilish haqida qaror chiqargan. Bu qarorni chiqargan sudya O‘tkir Masharipov uni o‘z kuchida qoldirgan.

Keyingi instantsiyada 1 fevral kuni Oliy sud sudyasi Jamshid Tirkashev jurnalistlar arizasini rad qilib ajrim chiqargan, ajrim yuzasidan jurnalistlar tag‘in Oliy sudga shikoyat qilishgan edi.

Video: https://youtu.be/kX1ire_wCAQ

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2024
Eltuzga ushbu maktubni ko‘p yillar davomida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Navoiy viloyati hokimlari va boshqa mutasaddilarni tanqid qilgan bloger Dildora ...
22 iyun 2023
Ëz qanday soz. Mana azizlar kamina Rassom Tuz sizlar bilan yana ko‘rishib yuzlashib, betma bet turibman. Men sizning eng ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. Shu payt mening orqamdan ...
29 oktyabr 2015
Eltuz manbasidan olingan xabarga ko‘ra, 28 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida ichki ishlar xodimlari Shuhrat Rustamovni ushlab olib ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...