Asosiy mavzular
3 dekabr 2019

Shvetsiyadagi qurilishlarda ishlagan o‘zbeklar haqlarini olisholmayapti

Stokgolmning chekka hududida joylashgan temir to‘siq ortidagi ko‘rimsiz uyda Shvetsiyaga kelib qurilishlarda ishlayotgan 11 nafar mehnat migranti yashaydi. Ularning 6 nafari o‘zbek. Ular nolegal holatda polyak qurilish shirkatiga qarashli ob'ektlarda ishlashgan va pullarini olisha olmagan.

“Eltuz” shaxslarini ochiqlamaslik sharti bilan ayni qurilishlarda ishlagan o‘zbek mehnat migrantlaridan intervyu oldi.

Mehnat migranti: “Shvetsiyaga taxminan 2 oy bo‘ldi kelganimga. Ish beruvchi menga «Hujjatlarimni qilib beraman, hammasi yaxshi bo‘ladi», deb va'dalar berib, bitta menmas, yana besh-oltita bola bor, ularga ham shunaqa deb yolg‘on va'dalar berib, bir oydan ortiq ishlatib, hozirda pulimizni ololmayapmiz”.

Shvetsiyada yashayotgan o‘zbekistonlik faol Do‘stnazar Xudoynazarov nolegal o‘zbek quruvchilariga va'da qilingan maoshlarning ham aslida odatdagidan ancha kamligiga e'tibor qaratadi.

Do‘stnazar Xudoynazarov: «Mana shu ob'ektda bir soatlik ish haqi qonuniy 270 krondan yopiladi, soliqlar olib tashlanganda 210, 190 krondan bir kishiga to‘lanishi kerak. Sizlarga hatto to‘rtdan bir qisminiyam taklif qilishmayapti».

“Eltuz” muxbiri o‘zbek muhojirlari taxminan bir yarim oy ishlagan Stokgolmning turli hududlaridagi uchta qurilish ob'ektida, bitta 2 qavatli, bitta bir qavatli turar joy bino va restoranga mo‘ljallangan qurilish maydonlarini borib ko‘rdi.

Barcha qurilish ob'ektlari rasman Polshada qayd etilgan va Shvetsiyada faoliyat yuritayotgan “Ardes” qurilish shirkatiga qarashlidir.

“Eltuz” muxbiri joriy yilning noyabr oxirlarida aslida “Ardes” shirkatining Shvetsiyadagi ish beruvchisi Rafael Darius bilan ham bog‘lanishga bir necha bor urindi.

Uning odamlaridan biri o‘zbeklarning ish haqi muammosi hal qilinayotgani, lekin hozircha Rafael “Eltuz”ga intervyu bera olmasligini bildirdi.

Biroq 3 dekabr kuniga kelib ham “Ardes” raxbariyati bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi va haligacha o‘zbek muhojirlarining puli berilmagani ma'lum bo‘ldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 avgust 2017
Yodgor Obid – 1940 yilda Toshkent tumani Ko‘kterak mavzeyida tug‘ilgan. Moskvadagi Oliy adabiyot Institutida tahsil olgan. «Oqqush ertagi» nomli ...
6 may 2023
1881 yilning 6 mayida Mixail Skobelev boshchiligidagi rus kolonizatorlari Xiva xonligiga qarashli Axaltaka viloyatini okkupatsiya qilishdi. Bu Go‘ktepa jangida ...
17 dekabr 2023
Rassom Tuz
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...