G‘afur grafdan jinoyat olami yuz o‘girdimi?
Keyingi bir oy ichida 68 yashar biznesmen, jinoiy dunyoga yaqin bo‘lgan G‘afur Raximov xakida internetda negativ shaklda tilga olingan bir nechta maqolalar paydo bo‘ldi.
Oldinroq boshqa bir Qozog‘istonlik kriminal avtoritet “Arman Dikiy” laqabli Arman Jumageldiev o‘zining Instagram sahifasida G‘ofir Rahimov bilan quchoqlashib, qor yo‘lbarsi pozasida tushgan suratni joylashtirgan edi.
11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali G‘afur Rahimovga qarshi “progon” – jinoiy olamga chaqiriq tarqaldi.
«Shakro» va «Badri»larning jinoyat olamiga bunday “chaqirig‘i”, o‘zbekistonlik Qonundagi o‘g‘ri Baxtiyor Kudratullaev (laqabi Baxtiy Yangiabadskiy, Tashkentskiy) tomonidan qo‘llab quvvatlangani iddao qilinmoqda.
31 dekabr kuni Uzleaks.com sahifasida Baxtiyor Qudratillaevning yangi yil arafasidagi banketda G‘afur Raximovga tavqi la'nat yog‘dirgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.
Ayni va boshqa xabarlar mazmunidan “Mirziyoev oila biznesiga yaqinlashgan G‘afur Rahimov jinoyat olami tarafidan istalmagan shaxsga aylanmoqda” degan hulosa kelib chiqadi.
«Eltuz»ning navbatdagi tahliliy videosi shu haqda.
Video: https://youtu.be/b0mjRLH3V5g
Eltuz.com