Asosiy mavzular
23 sentyabr 2020

Korruptsiya sabab maktab direktori o‘zini osdi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 13-maktab direktori, 47 yashar Nurbek Turdievning jasadi 31 avgust kuni maktab hojatxonasida osig‘liq holda topildi. Hojatxonada arqon sirtmoqqa osilgan jasadni ikkita yosh bola ko‘rib qolgan va kattalarga xabar bergan.

Voqea guvohlarining Nasaf-news TV kanaliga bildirishicha, marhumning yaqinlari uning o‘limida Kitob tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri Avloqul Avlaevni ayblamoqda. 

Marhumning yaqinlari iddao qilishicha, maktab direktori bo‘ynidagi 1500 dollar qarzini to‘lay olmaganidan qiynalib o‘zini osgan. Ular bu pulni maktab direktori tuman xalq ta'limi bo‘limi rahbarlariga pora sifatida berishga majbur bo‘lganini bildirishgan.

Marhum o‘limidan oldin bir nechta xat qoldirgan. Ularning birida hamkasblarini har qanday sharoitda korruptsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.

«Maktabda o‘tirgan «to‘nkalar» ham qimirlasin. Kimligini bildingiz. O‘shalarga yaratgandan insof tilab qolaman. Xalqning bolasining ko‘zini o‘ymasin. Sizlardan ham iltimos», deya yozgan direktor o‘zining o‘lim oldidan hamkasblariga qoldirgan so‘nggi xatida.

Maktab direktorining o‘limi oldidan qoldirgan xati

Maktab qorovuli Husniddin Ergashev xatni direktor o‘z qo‘li bilan yozganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, Turdiev o‘z joniga qasd qilgan kuni maktab qorovulidan tuman xalq ta'limi kadrlar bo‘limiga arizasini eltib berishni so‘ragan.

Husniddin Ergashev (maktab qorovuli): Ertalab keluvdim. U menga «sizga ish bor, manovi xatni olasizda rayono kadrlar bo‘limiga eltib berasiz», dedi….

Voqea yuzasidan marhumning yaqinlari va hamqishloqlari 2020 yil 8 sentyabr kuni Kitob tumani prokuraturasiga murojaat qilib, Turdievning o‘z joniga qasd qilishiga sababchi bo‘lganlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rashgan.

Barno Turdieva (marhumning opasi): «Menga u, opa xalq ta'limi mudiri Avlaevga 1 yarim ming dollar berganman, maktabdan bo‘shasam shu pulni qaytarib berarmikin, degan. Men unga, kim senga pul olganman deb aytadi, maktabdan bo‘shama, deb aytdim. Rossiya ochilsa, keyin maktabdan bo‘shaysan, borib ishlab kelasan, qarzlaringni to‘laysan, dedim…».

Prokuratura xabariga ko‘ra, tuman xalq ta'limi bo‘limi, IIB, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari harakatiga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 may 2016
Turkiyaning Mersin shahar mahkamasi o‘z farzandini kaltaklagan Gulchehra Isoqulova ustidan ochilgan jinoyat ishini 17 may kuni ko‘rishga boshladi. Mahkamada ...
8 yanvar 2017
“Istanbul xavfsizlik idorasi bu isqirtni “o‘zbek” deb aytdi, bundan oldin qirg‘iz va uyg‘ur degan gapni aytgan edi», deya yozdi ...
1 avgust 2023
So‘nggi o‘quv yili davomida umumta'lim maktablarining pedagoglariga 50 foiz ustama imtiyozi beradigan APTIS (British Council Aptis) imtihonlarining 1 avgustdan ...
23 sentyabr 2020
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 13-maktab direktori, 47 yashar Nurbek Turdievning jasadi 31 avgust kuni maktab hojatxonasida osig‘liq holda topildi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...