Asosiy mavzular
4 dekabr 2020

RTda va'z: Bu kunlar o‘tar ketar…

Har juma yaqinlashgani sari ichimda bir orziqish his qilaman. Uzoq safardan uyga qaytgan odam o‘z yaqinlariga safar taassurotlarini aytib berish asnosidagi orziqish.

Safardan kelgan odamga yegan-ichganing o‘zingniki, ko‘rgan- kechirganingdan gapir, deyishadi. Hafta davomida ko‘rganu eshitganlarim qisqa satrlarda.

Xotiniga pampers yedirgan samarqandlik erkak 6 yilga qamaldi. Ijtimoiy fikr g‘alaba qozondi.

Shahrisabzda bitmagan uy devoriga deraza rasmini osib kattalarni aldashdi.

Ikki bolali nogiron ayolga atalgan uy senatorning sobiq haydovchisiga rasmiylashtirildi.

Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi shaxsning ziyofatida qatnashgan sudya ko‘p o‘tmay uni ozodlikka chiqardi.

Farg‘onadagi futbol bellashuvidagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan 6 kishi qamaldi.

Dindor yoshlarni Suriyaga jo‘natib kelayotgan samarqandlik shaxs qo‘lga olindi.

Shunaqa xabarlar.

Ilgari momolarimiz har narsadan ezgulik izlashgan. Nima gapirsa yaxshilikka yo‘yishadi. Ilon ko‘rsa – boylik, chayon ko‘rsa – kelin. Har narsadan yaxshilik qidirardik oldin. Pozitiv fikrlash deydi buni. Ammo hozir hamma narsadan yomonlik qidiradigan, yo‘lda toshga qoqilsak, tuman hokimini so‘kadigan bo‘ldik.

To‘g‘ri, tuman hokimi yo‘l qurish uchun atalgan byudjet puliga «Malibu» olib mindi. To‘g‘ri, yo‘l qurishga ketadigan asfaltni sotib, uchastka qurdi.

Ammo u ta'magir nafs bandasini har bir toshga qoqilgan yo‘lovchi yoki g‘ildiragi chuqurga tushgan haydovchi so‘kaversa, bechorani qarg‘ish urib uyi yonib ketmaydimi? Bolasi narkoman, otasi o‘sal bo‘lmaydimi?

Kelinglar, yomonni yomon, demaylik. So‘ksak yuzi qotib, ursak eti qotib battar bo‘lmasin. Rostan ham osmonimiz musaffo. Bu musaffolikni aytish ham so‘z erkinligiga kiradi.

Laganbardorning o‘limi

Ertalab uyg‘ondim. Hovliga chiqib, osmonga qarasam ko‘m-ko‘k. Bepoyon osmon. Bitta g‘ubor ham yo‘q. Shartta rasmga olib tarmoqqa qo‘ydim-u, bitta jumla yozdim. Bittagina jumla.

«Musappo osmon». Shuni yozishim bilan minglab shippaklar men tomon uchib kela boshladi. O‘ris va inglizcha so‘kishlar bilan siylandim.

Onam o‘qib, «Oq qildim seni. Emizgan sutimga rozi emasman», dedi. Otam kelib hassasi bilan urib boshimni yordi. «Xuy beraman senga pensiyamni», dedi.

Xotin bolalarini olib onasinikiga ketvordi. Qo‘shni chiqdi xo‘mrayib. Cho‘ntagini kavlab pul oldi. «Sizdan qarzim bor edi. Mang, obqo‘ying!»

«Mayli, rahmat, yeb ketsangiz bo‘laverardi, degan ma'noda g‘o‘ldiradim. Qarzni qaytargan qo‘shni endi ko‘zimga tik qarab. «O‘la, paxtakor!» deb yuzimga tupurib chiqib ketdi.

Tog‘am eski moshinasini menga padarka qiluvdi, shuni bugun notariusda rasmiylashtirmoqchi edik. Telefon qilib «atmen» qildi.

«Ho‘kimatga paxta qo‘yib lagan qoqadigan sendaqa qo‘rqoqlarga berganimdan ko‘ra, tovuq baqaman ichida bu moshindi», dedi.

Indamadim. Mahallaqo‘m keldi. «Sen tvarga rahmim kelib, bacha puli chiqarib bergandim, ko‘rnamak. Bugundan boshlab xuy olasan uni. Bola puli  kesildi, bilat».

Eshik qoqilib, uchaskavoy milisa keldi. Cho‘ntagidan pistalet chiqarib, menga qaratdi.

«Shu ipplas davlat, shu ipplas rahbarlarni maqtagan seni otib o‘ldirib tashlardim-u, zamon ko‘tarmaydi. Uch oydan beri oylik bermaydi menga sen maqtagan do‘lat. He onasini palon qildim musappoyingni», deb osmonga qarab o‘q uzuvdi, qarg‘alar qag‘illab duv etib ko‘kka ko‘tarildi.

Bu ko‘rguliklardan shakarim tushib ketdi. Davleniyam oshdi. Doktorga telefon qilsam, «seni davolamaymiz, bor o‘sha maqtaganing mo‘ylov Aripov seni davolasin», deyishdi. Hozir o‘lim bilan olishib, bitta o‘zim yotibman.

Boshimni silashga bir mehribon qo‘l yo‘q. Bir piyola suv berishga ham odam yo‘q. Ko‘chadagi bolalar «patxalim troll», deb kesak bo‘ron qilib, deraza aynagini sindirishdi. Bir jumla yozdim. Birgina jumla. So‘z erkinligi yo‘q bu mamlakatda.

Nega hamma prezidentni so‘kishi kerak. «Axir u yaxshi-ku.» Bu gapni shivirlabgina  aytdim. Srazu telefon chalindi. DXXdan ekan. «Ey, ipplos laganbardor. Yana ashnaqa gap aytsang, apkirb qo‘yamiz».

Jiim bo‘ldim. Derazadan qarasam, osmonda bulutlar paydo bo‘libdi. Sevinganimdan yuragim qattiq-qattiq ura boshladi. Va birdan urmay qo‘ydi. Men o‘ldim. Oborib ko‘mayotib, «ey haloyiq, bu qanday odam edi», deb so‘rashdi. «Laganbardor, padxalim edi», xitob qildi jumbul jamoat bir ovozdan.

Eh elim, elim! Bir mushtdan ursang o‘ldirasan, bir qoshiqdan bersang to‘ydirasan. Ilgari televizor va internet bo‘lmagan zamonlarda baxshilar voqealarni doston qilib elga aytgan.

Samarqandlik baxshi ukamiz ham shu qadim yo‘nalishni davom ettirib keladi.  Xoinlarcha chaquv qurboni bo‘lgan olim Andrey Kubatinga atab doston yozibdi baxshi ukamiz.

(Video)

Va'zda odatda ertak bo‘ladi. Ertaksiz va'z – muhabbatsiz hayot. Tuzsiz osh. Shakarsiz holva, suvsiz akvarium kabi absurdlik kasb qiladi. Oldingi va'zlarda ertak  bo‘lmagani uchun bugun birdaniga ikki ertak aytsam. Ertaklar yaxshilik va insof haqida.

ERTE (fairy tale)

Bir kuni yer kavlayotib bitta oltin tanga topvoldim. Ammo u tanga meniki emas-ku. Men tangani olgan joyimga qayta ko‘mdim. Ko‘mgan joyimdan anor niholi o‘sib chiqib kuzda ikkita meva tugdi. Kecha shu ikki anorni olib kesib ko‘rsam, ichida anchagina oltin shariklar bor ekan.

Zargarga oborsam, bitta anordan chiqqan oltinga 12 ming dollar sanab berdi. «Tegi bo‘sa, yana obkelaver, bjlam», dedi zargar.

Narigi anorning ichidagi oltinlarni uchastkamga ekib chiqdim. Yanagi yil hosil olaman. Shu «Forbs»dagi milliarderlar ro‘yxatiga tushaman. Mana, ko‘rasiz. Uchastka O‘rizorda. Kelib, devor oshib, birovning oltinini kavlab olib ketish yo‘q lekin.

 (kulgi va achchiqlanishni aks ettiruvchi jingl)

O‘xshamadi bu ertak. Ertak degani hayotiy bo‘lsin, deyishdi. Hayotiy va ibratli hikoya aytsam.

Eeski «Neksiya»mga benzin quyayotganimda plastik kartadan to‘lab  10 litr benzin quyildi, manimcha. Ozgina yurgach, qarasam, benzin ko‘rsatgichi 10 litrdan oshiq. Kamida 15 litr. Ie???  Hayron qoldim. Doimo urib qolishardi, bugun esa aksi.

Ënimdagi sherigim esa “oka, mazza qimiysmi, qaytanga surduu”, dedi. Men osmonga qarab, “U ko‘rib turipti”, dedim. Sherigim esa “Kim u, Inoyatovmi” dedi. Men unga “Inoyatov, davno ketib o‘rniga Absalom aka keganla”, dedim. Sherigim “oka, o‘ziz bilas, ettim qo‘ydimde”, dedi.

Qaytib keldim. Benzin quyayotgan bolaga:

– Boya sal noto‘g‘ri benzin quyibsiz, – degandim, ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketdi. Uni tushundim. Shuning uchun darrov:

– Ukam, noto‘g‘ri tushundingiz. 10 litr o‘rniga 15 litr quyibsiz. Mana chek. Siz esa 15 litrga benzin quyibsiz, zarar-ku sizga, – dedim. To‘g‘risi, zapravkachi bola avval tushunmadi, keyin esa: – Rahmat sizga. Tarixda bunaqa bo‘lmagan, oka. Baraka toping, – dedi va kassaga borib, plastigimdan yana 5 litrga pul yechib oldi. Keyin menga qarab «oka, bitta rasmga tushulik», dedi.

Tushdu rasmlaga. Muqimiydagi zaprapka. Keyin ketdu. Qo‘yliqqa yetganimizda, orqadan ikkita GAI moshin quvib kelib bizani to‘xtatdi.

«Bizani orqamizdan yuring», deyishdi. Olmazor ko‘chasidagi kruttoy binoning oldiga oborishdi. Qulag‘iga binnima taqqan qora ko‘zoynak qora kastyum shimli barzangi odamning oldiga mentlar borib chest berib, «opkeldu, oka», deyishdi. 

Barzangi mentlani cho‘ntagiga binnima soluvdi bechoralar karischa ta'zim qivorishdi. Ënimdagi sherigimning rangi quv o‘chgan. Menam deyarli siyvoray deb turibman.  Barzangi kelib eshikni ochuvdi, sherigim baqirvordi: «Oka benovatbiza, boshqa qimiymiz, qo‘yvoring». Barzangi «nol» e'tibor bilan tushinglar, dedi.  Tushdu.

Orqamdan yuring, dedi. Yurdu. Binoni ichiga kirdu. Kruttoy bino. «To‘xtang», dedi barzangi. To‘xtadu. Mundoq qarasam, Absalom aka Azizovning o‘zlari turibdila.

Oq sochi, mo‘ylovi va do‘ppaygan qornidan srazi tanidim.  Ënida esa yana bir oqsoch amaki turibdi. Azizov bilan oqsoch odam ham billa yurib oldimizga keldi.

Barzangi ijtimoiy masofa saqlash uchun ortga chekindi. Absalom Abdumavlonovich qornimga bir turtib, «mening ko‘rib turganimni qattan bilding», dedila va kulib yonidagi odamga qarab, «Vagit Yusufovich, eto on», dedi.

U odam bo‘lsa, yelkamga qoqib «Vabshe malades», deganga o‘xshash va yana ancha gap aydi. O‘richchani jaa unaqa tushunavermayman. Bilganim bu – «Lukoyl»ning kottasi Vagit Alekperov ekan.

U qo‘lidagi telefonda mening «Lukoyl» zaprapkasi yonida turgan rasmimni ko‘rsatib, yana «molodets» dedi va bir imo qiluvdi, bitta quti obkelishdi. Absalom aka menga qarab, mana senga padarka, gap 5 litr benzinda emas, manitda yuraging borligida», deb ko‘kragimga yana bir musht soldi.

«Sen anavi drandalet neksiyani sheriginga ber va manavini min», deb «Malibu»ning kalitini qo‘limga tutqazdi. Men esa kalitni sherigimga berdim. «Bu Vagit Yusupovichdan padarka».

Keyin qo‘limdan ushab yoniga turg‘azdi-da, barzangiga qarab «bizani bitta rasmga ol», dedi.

«Bu rasm senga mandan padarka. Lyuboy idorada ko‘rsatib, Absalom aka mening okaxonim bo‘ladi, desang ishing bitadi».

Keyin ikkalasi yelkamga qoqib, ketvorishdi. Barzangi kelib, «oka rasmni vatsapdan tashab beraman», deb meni yetakladi. Qutilganimga shukur, deb eski «Neksiya» tarafga qarab yuruvdim, barzangi to‘xtatib, «oka, mana bu sizdi yengi tachka», dedi.

Qarasam to‘o‘q ko‘o‘o‘k rangdagi «Malibu». Uch egizak tug‘ib, ismini Sho‘kat qo‘yganlarga beriladigandan ham ikki pozitsiya yuqori. Ichi koja, bilat.

Barzangi yonimdagi sherigimga qarab, «sen anavi aravini min», dedi. Shu payt ichkaridan yana bir telex chiqib, barzangiga bir konvert uzatdi. Barzangi konvertni ochib ichidan karta oldi.

«Manavi kartaning kodi 1234. Lyuboy payt lyuboy zaprapkaga borib, polniy bak benzin quyib ketaverasan. Rahmatti Vagit Yusupovichga aytasan».

Xullas salidol hidi kep turgan koja chexolda salapani bilan turgan «Malibu»ni minib jildim. Bir pasdan keyin sherigim tilpo‘n qilib, «oka, «Neksiya»ni uyizga oborib qo‘yiymi», dedi. Yo‘q uka, bu xayrli moshin senga padarka, dedim.

Chilonzordagi beton do‘mimning oldiga borib bibiplatdim. O‘ris xotinlar so‘kib berdi. «Tixo, svoloch, rebenok spit», deb.

Men parvoyam qilmadim. Vatsapimda DXX raisi bilan brudershaft tushgan rasm. Bir soat oldin hech kim edim. Endi kimdir bo‘ldim.

Qissadan hissa – sizga o‘zbek zapravkachi pul to‘laganingizdan ko‘ra ko‘proq benzin quysa, albatta, haqini bering. Sizga qaytadi albatta. Mana, men o‘zim misolman.

FIKR-SIKR

Ozarbayjonlarda «Fikr sikr», degan maqol bor. Buning ma'nosi muammo yechimi borasida uzoq va keraksiz fikr yuritish zararli, degani.

Masalan, uyga o‘t ketdi. Siz bo‘lsa, aqllilik qilib qancha litr suv qancha maydondagi yong‘inni o‘chirishi haqida vaysab o‘tiribsiz. Bunday paytda tez amaliy ish qilish kerak.

«Toshkentga safar» spektaklidagi sahnani eslar kimdir. Xo‘sh, bu jamiyat oldiga 1991 yili tanlov qo‘yildi.  «Islohot qilsak, shok terapiya bo‘ladi, xalq qiynaladi, yaxshisi o‘zimizga mos va xos yo‘lni tanlaylik, deyildi. Jamiyat buni aynan qabul qildi.

Qozog‘istonda Nazarbooev, Rosssiyada Gaydar amalga oshirdi «shok terapiyasini». O‘shanda qozoqlar kelib, Toshkentdan non olib ketishgani «Axborot»da ko‘rsatilardi. «Ular och, biz to‘qmiz» deb.

Chimkent va Qoplonbekda zim-ziyo, elektrsiz o‘tirganlarni ko‘rsatib, bizda elektru gaz mo‘l-ko‘l, deb kerildik. Nazarboev sug‘urta tibbiyoti joriy qilganida Karimov ko‘ti bilan kuldi.

Mana, elak suvdan ko‘tarildi. Bir vaqtlar Markaziy Osiyodagi birinchi tuya bo‘lgan O‘zbekiston oxirgi tuyaga aylandi. Un ham, sariyog‘ ham qozoqdan keladi. Chiroq yo‘q gaz ham. Ammo fikr ko‘p. Mabodo haqimizni talab qilsak, urush boshlanib ketsa, agarotga ekkan kartishkamning ustiga bo‘mba tushsa nima bo‘ladi, deb o‘tirishibdi. Fikr sikr.

Korona himoyasiga

Tuz og‘a, korona haqida gapirmay qo‘ydingiz, deyishdi. Gapirib charchadim. Yaxshisi, men uchun jurnalist Aleksandr Nevzorov gapira qolsin:

«Men ikki og‘iz koronavirus himoyasiga so‘z aytmoqchiman. Bugun uning yubileyi ekani bu gapim uchun mavrid. Umuman, hammasi to‘g‘ri va toza. Chunki virusologlardan ko‘ra futbolchilarga 100 marta ko‘p haq to‘laydigan odamlarning o‘ligi sasib, kasalxona yerto‘lasini to‘ldirishi kerak edi har holda. Aynan shunday bo‘lishi kerak edi.

Bolalar miyasini  anatomiya, fiziologiya, tibbiyot, tabiat haqidagi bilimlar o‘rniga diniy cho‘pchak va boshqa paranormal shou bilan to‘ldirayotganlar ham o‘lib, morgda yorib ko‘rilishini kutib yotishga haqlidir.

Xammasi vijdon va mantiqqa ko‘ra to‘g‘ri hal bo‘lmoqda. Qandaydir diniy tuyg‘ular haqida gapirayotib, jaholat va o‘rta asr yovvoyiligini targ‘ib qilayotgan odamlar koronavirus kabi oddiy kassallikni ham yenga olmaydilar».

Bu Nevzorovning gapi. Kesak otsangizlar, o‘sha kishining poliziga otaveringlar. Yaponiyada falokat sodir bo‘lgan joyga soha mas'uli bo‘lgan vazir va amaldorlar xotini bilan birga ko‘chib boradi.

Muammo hal bo‘maguncha o‘sha falokat sharoitida yashaydi.  Shu ma'noda gazni Xitoyga sotib, millatni abadiy sovuqqa mubtalo qilgan amaldorlarni ham sovuq baraklarga xotin bola-baqrasi bilan joylashtirish kerak. To muammoni hal qilmaguncha o‘tirsin el qatori tezak yoqib.

Sovuq mavzusida mushoira boshlagandim. Qani, ketdik. Men bir jumla yozaman, siz davom ettiring, desam odamlar ham kutib turganday dardini doston qila ketdi.

Bu kunlar o‘tar ketar

Boshingga sovuq yetar!

Ahvol bo‘lar beshbattar!

Bu kunlar o‘tar ketar,

O‘tgan kunlar izidan

Menda shu rasm qolar.

Bu kunlar o‘tar ketar,

To‘ymadingmi, irkitlar

Eshshak teridan betlar.

Bu kunlar o‘tar ketar,

Kim pul – kim axlat titar

Umr poyonga yetar.

Bu kunlar o‘tar ketar

Xotinjon butdi ko‘tar

Gazimiz Xitoyga yetar.

Bu kunlar o‘tar ketar.

Kelmas hech g‘amiga

Kirib ketsin shamiga.

Bu kunlar o‘tar ketar

Buyuk kelajak yetar.

O‘nglamasa ahvollar,

Bo‘lar bu kundan battar.

Bu kunlar o‘tar ketar

Harakatni qilmasa,

Bundan battari bo‘lar,

Bu kunlar o‘tar ketar.

Haq bo‘lsang, kallang ketar.

Tappimiz tutasa yetar.

Bu kunlar o‘tar ketar,

Qilmishlar qayga ketar,

Bu yurtdan ketni ko‘tar.

Bu kunlar o‘tar ketar

Quruvchilar boyib ketar,

Mendan ketar, egasiga yetar.

Bu kunlar o‘tar ketar

Tappilar qator-qator

Hamma yoq tappi bozor.

Bu kunlar o‘tar ketar.

Qachon kun isiydi deb,

Jijilar qarab yotar.

Bu kunlar o‘tar ketar

Tappi yopgin o‘xshatib,

Devorlarni qaqshatib.

Bu kunlar o‘tar ketar,

Lekin keyin yoz qaytar…

O‘lmagan qulga yetar.

Bir kunlar ӯtar ketar

Gazni ber, bo‘ldi, yetar!

Ko‘zimiz suvlar separ…

Bu kunlar o‘tar ketar

Kelajak bizni kutar ,

Qahraton jondan o‘tar…

Bu kunlar o‘tar ketar ,

Desam deydi,

-Bas, yetar!

Bu kunlar o‘tar ketar,

Kimni dunyo mahv etar,

Kim murodiga yetar.

Bu kunlar o‘tar ketar.

Boy yursa ham yallo der,

Topganim ming tillo der.

Bu kunlar o‘tar ketar.

Xalq byudjet deb yelajak,

Buyuk bo‘lar kelajak,

Bu kunlar o‘tar ketar

Kelajak bundan battar.

Bu hashar dostonni xalqning sasi desak ham bo‘ladi. Dostonga hissa qo‘shgan barcha mualliflarni olqishlaymiz.

Assalomu, O‘zbekiston, juma muborak.

Abduhamid Pardayev

Hasan Toshtemirov

Atabek Usmanov

Muqannaman Zardusht

Mirza Anvar

Rahimjon Rahmat

Sharifa Murod

Sundar Qoraboyev

Xabi Usmonova

Doniyor Ahmedov

Mahbuba Xo‘jamqulova

Sanjar Khodjaniyazov

Mirvosil Nigmatov

Odilbek Abduxoliqov

Olimjon Suyarov

Mavjuda Mirzaeva

Ixtiyor Esonov

Gulcheg‘ra Almasova

Umidjon Erkin

Quldek xalqim chidaydi…

Oybek Yusupov

Shuhrat Abdulla

Alim Bek

Doniyor Bek

Sanobar Qulmirzaeva

Ibrat Safo

Alieva Marg‘uba

Nodira Qodirova

Ismigul Shayxuddinova

Behro‘z Xudoyorov

Gofurjon Safarov

Qurbonali Nizomiddinov

Tohir Mirzyaev

Iskandar Muxtarov

Yigitali Nur

ZBegim Bukhari

Shirin Yunusova

Dilush Amirxonova

Muxlis Uz

Xolida Solixonovna

Doston Rahimov

Jumagul Teshavoyeva

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
14 sentyabr 2020
Koronavirus xabarlari berib boriladigan telegram kanalida 11 sentbyar soat 17:00 da bunday xabar berildi: Respublikada so‘nggi soatlarda 233 kishida ...
18 mart 2022
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Bu xafta ichida butun  taraqqiyparvar dunyo Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib ...
9 oktyabr 2023
Jurnalist Ibrat Safo yozadi: O‘zbekistonda 8 oy ichida 25 ming nafarga yaqin bola ota yoki onasiz yashashga majbur bo‘libdi. ...
30 aprel 2019
Prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoeva 15 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi rahbari o‘rinbosari etib tayinlangani ortidan matbuotda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...