Asosiy mavzular
21 fevral 2021

Prezident Namanganda: O‘zini yoqqan ayolning onasi uydan chiqarilmadi

Prezident Mirziyoev Namanganda Shavkat Abdurazzoqovni viloyatning yangi hokimi etib tayinladi, Uychi tumanidagi to‘rtta sektor rahbarini ishdan oldi, Chustdagi to‘qimachilik korxonasini ko‘zdan kechirdi va Dashtbog‘ mahallasida “oddiy fuqarolar” uyida mehmon bo‘ldi.

O‘tgan yilning 29 sentyabrida uyidan ko‘chirilishiga norozilik sifatida MIBchilar oldida o‘zini yoqib yuborib kasalxonada vafot etgan, firibgarlar qurboni bo‘lgan namanganlik Gulandom Dadaboevaning onasi Namanganga tashrif buyurgan prezident bilan uchrashish imkonini qilolmadi. 

Muhabbat Dadaboeva “Eltuz”ga murojaat qilib, tashrif oldidan bo‘lgan voqealarni so‘zlab berdi. Uning aytishicha, “ko‘chada shubhali va notanish kishilar ikki-uch kundan buyon aylanib yurgan”.


“Hokimlikka muammoimni bir tomonga yechib beringlar, deb 5-6 marotaba bordim, – deydi Dadaboeva. – Ammo dardimni eshitadigan odam yo‘q. Prezidentning Namanganga tashrifi haqida eshitib, u bilan uchrashib, hokimning ustidan arz qilaman, bergan va'dasini bajarmayapti, deyman, deb uyga qaytdim. 

Ertasi kuni hokimlikdan uch kishi kelib, muammongiz ijobiy hal bo‘ladi, prezident oldiga chiqmang. Baribir sizni uning oldiga qo‘yishmaydi. Davlat rahbari kelib ketsin, so‘ng muammongizni hal qilib beramiz, deb yana qo‘ynimni puch yong‘oqqa to‘ldirib ketishdi. 

Men prezidentga uchrab holatni tushuntirmoqchi, hatto qizi ham qizimning yonib ketib, halok bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda fikrlar bildirgani haqida aytmoqchi edim. Ammo buning imkonini qilolmayapman”.

O‘tgan yilning oktyabr oyida hali viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan Shavkat Abdurazzoqov Gulandom Dadaboevaning uyiga kelib, marhumning oilasi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini aytgan edi. 

Namangan viloyatida Prezident tashrifi bilan bog‘liq yana bir qiziq voqea ro‘y bergan. Ma'lum bo‘lishicha, prezident Namangandagi yutuqlar bilan tanishib yurgan kunlari viloyatdagi jurnalist va blogerlar uchun Farg‘ona viloyatiga ikki kunlik sayohat tashkil etilgan. 

Mahalliy blogerning “Eltuz”ga aytishicha, sayohat O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi tomonidan tekin amalga oshirilgan. Avval ro‘yxat tuzilib, barchaning borishi majburiyligi bildirilgan.  

“Bunday eksklyuziv ishlar faqat bizda, Namanganda bo‘ladi, xolos. Mahalliy jurnalistlar va blogerlar aynan prezident tashrifida “boshlig‘i” bilan Farg‘onaga jo‘natib yuborildi”, deb yozdi “Orzu va hayot” ijtimoiy loyihasi rahbari, namanganlik Ilhomjon Qosimov.

Tag‘in o‘qing
21 noyabr 2024
Bugungi kunni anglash uchun tarix ilmini bilish kerak. Tarix – bu o‘liklar haqidagi ilm. O‘lganlarni tinch qo‘ying deydigan oshqovoq ...
16 noyabr 2017
Boshqa dinga kirganlikda ayblab, xotinini pichoqlagan sayramlik 34 yoshli Xayrullo Normetov 14 noyabr kuni hibsga olindi. Sud hukmi chiqquniga ...
5 yanvar 2017
Biz 2016 yil davomida o‘zbek matbuotini imkon qadar kuzatib borishga harakat qildik. Mazkur kuzatishlarimiz asosida matbuotimizning o‘tgan yilgi faoliyatini ...
29 yanvar 2020
Bosh vazir Abdulla Aripov 28 yanvar kuni koronavirus xatari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Har bir idora va tashkilotlar, shu jumladan, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...