Asosiy mavzular
31 mart 2021

Nurotadagi sel mashina va bir qo‘ra qo‘yni oqizib ketdi

27-28 mart kunlari tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida O‘zbekistonning tog‘li hududlarida odamlarning uylari, mashinalari va chorvasini sel oqizib ketdi. Bu haqda “Eltuz”ga  voqea guvohlari xabar berdi.

Shahar hududidagilar yo‘llar nosozligi, ko‘chalar suv bilan to‘lib ketgani va mashinalar yura olmayotganidan nolishmoqda.

“Eltuz”ga yetib kelgan, ushbu holatlarga oid video va suratlarda ofat ko‘lami yaqqol ko‘rinadi. Ularda Samarqand shahri markaziy ko‘chasini suv bosgani, uy, yerto‘la va birinchi qavatdagi xonadonlargacha suvga to‘lgani aks etgan.

– Har yili shu ahvol, – deydi shu hududda yashovchi Sardor Tangriev. – Har safar yomg‘ir yoqqan vaqti tumanlarning chekka hududlari u yoqda tursin, shaharlar ham xarob ahvolga kelib qoladi. Har safar shahar markazida joylashgan “Dinamo” stadioni suv bilan to‘ladi. Samarqanddagi qadimiy tarixiy maskanlarga ham zarar yetyapti. Maqbara va inshootlar zaxlab ketgan. Yozda ham binolar ichidan zax hidi arimaydi.

“Eltuz”ga murojaat qilganlardan birining aytishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumani Ko‘ksaroy MFY yashaydigan Hamidullo Erkinovning bir qo‘ra qo‘yini sel olib ketgan.

Nurota tumanidagi Qangli qishlog‘ida “Moskvich” rusumli mashinani suv oqizib ketgan. Mashina tirkamasida odam bo‘lgan (uning keyingi taqdiri haqida ma'lumot topishning imkoni bo‘lmadi).

“Eltuz”ga Jizzax viloyati G‘allaorol tumanining Baxt mahallasida yashovchi fuqarolardan ham murojaat kelib tushdi.

Unda aytilishicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun qurilgan ko‘p qavatli uyda yashash uchun hech qanday sharoit yo‘q. Yomg‘irda ushbu binoda yashovchilarning noroziliklari yanada kuchaygan. Chunki birinchi va to‘rtinchi qavatdagi fuqarolar xonadoni yomg‘irdan aziyat chekadi.

– Tashqaridan durust ko‘ringan bu uylarda yashash uchun hech qanday sharoit yo‘q, ichimlik suv chiqmaydi, – deydi murojaatchi. – To‘rtinchi qavatdagi uylar va pod'ezdlarga yomg‘ir va qor suvlari o‘tib ketyapti. Devorlar xamirga o‘xshab ko‘chib tushyapti. Isitish tizimi masalasida may oyida ko‘chib kelgandan beri murojaat qilamiz, iyun oyida hal qilishga va'da berishgan edi, hamon hal etilgani yo‘q. Uyning narxi 309 million. Qo‘limizda esa hech qanday hujjatlar yo‘q. Uyning sug‘urtasini faqatgina o‘zlari aytgan sug‘urta kompaniyasi orqali 3 million so‘mga qilishimiz kerakligi aytilmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2023
Buyuk Britaniya boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida Rossiya ishtirok etishidan xavotirlanib, uni boykot qilishga qaror qildi.  Xalqaro boks ...
4 may 2015
“Sen qaysi lagerdansan – amerikaningmi yoki rossiyaning?” – deya menga savol berishadi, deydi Qudrat Bobojonov, odamlarning Ukraina va ayniqsa ...
11 may 2018
Cobiq sovet davrida rangtasvir asarlar yaratib, yorqin shuhrat qozongan sanoqli o‘zbek rassomlaridan biri Ne'mat Qo‘ziboev bundan 14 yil burun, ...
15 dekabr 2016
So‘nggi haftalarda Urganch suratlar galereyasidagi sirli taftish asnosida yoqilishga mahkum ikki dissident rassom asarlari matbuotga mavzu bo‘ldi. Agar diqqat ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...