Asosiy mavzular
26 aprel 2021

Prezidentning avariyaga uchragan kuyovi Toshkentga qaytdimi?

Prezident Shavkat Mirziyoevning kenja kuyovi Otabek Umarov O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda aktyor Dilshodbek Kattabekov o‘zining Instagram sahifasida ma'lum qildi.

“Avvalo, nima bo‘lib o‘tgan bo‘lsa ham hammasi yaxshilikka deb qabul qiling. Hali yaxshi kunlar oldinda. Safimizga qaytganingiz bilan tabriklayman. Ramazon oyi sizga va butun o‘zbek xalqiga yana bir bor muborak bo‘lsin”, deb yozdi u.

Ayni paytda Dilshod Kattabekov e'lon qilgan rasm fonidagilarning paltoda turgani bois bu ma'lumot tekshirishga loyiqligi tushuniladi.

Bundan oldin turli manbalar Otabek Umarov 7 aprel kuni O‘zbekistonga qaytganini aytishgan, ammo bu ma'lumotlar o‘z tasdig‘ini topmagan edi.

Bu xabar ortidan o‘zining “ko‘cha”ga aloqasini yashirmaydigan MMA vitse-prezidenti Murod Xonto‘raev  tarmoqda chiqish qilib, prezident kuyovi hali Toshkentga qaytmaganini aytgandi.

O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati (PXX) rahbari o‘rinbosari, 36 yoshli Otabek Umarovning avariyada majaqlangan ikki oyog‘i 4 mart kuni Janubiy Koreyadagi shifoxonada operatsiya qilingan edi.

Bundan oldin u pandemiya talabiga ko‘ra ikki hafta maxsus karantin ostida shifoxonada saqlangan. Bu haqda O‘zbekistondagi pogonlilarga bo‘ysunuvchi nashr bildirdi.

Unda aytilishicha, 13 fevral kuni soat 18 lar atrofida prezident xavfsizlik xizmati mulozimi Otabek Umarov boshqaruvidagi mototsikl Bobur Mamatov boshqargan oq rangli Chevrolet Epika avtomobilining orqa tarafidan kelib o‘ng qismiga uriladi.

Mototsikldan yiqilgan haydovchi yo‘lning chap tarafidagi beton bordyurga borib urilib, oyog‘idan lat yeydi.

Umarov ishtirokidagi avariya Toshkentning xalq orasida “prezident trassasi” deb ataladigan yo‘lida, Mustaqillik ko‘chasi, Pushkin metro stantsiyasi yaqinida yuz bergan edi.

Otabek Umarov bundan oldin ham bir necha avariyalarda asosiy figurant sifatida tilga tushgan.

Mirziyoevning kenja kuyovi, prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Otabek Umarov o‘zi boshqargan “Tesla” elektromobilida soatiga 200 km tezlikda yurgani bois tanqidga uchragandi. Bu tanqidlar ortidan “poygachi kuyov” jarimaga ham tortilgandi.

Tungi poygasini Instagram sahifasida jonli ko‘rsatgan Otabek Umarov Toshkent markaziy ko‘chalarida “Tesla” mashinasini soatiga 201 km, mahallalar ichidan esa 148 km tezlikda haydayotganini namoyish qildi. Oradan bir necha soat o‘tib, bu video tarmoqdan olib tashlangandi.

O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligiga oid qonunchilikka muvofiq, shaharning katta trassalaridagi maksimum tezlik soatiga 70 km, mahallalar ichida esa 30 km qilib belgilangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 fevral 2018
Kalamushlar kema cho‘kayotgani uchun emas, balki ularga qarshi kurashishga bel bog‘lagani uchun qochish harakatiga tushib qoldi. Bir necha kun ...
26 yanvar 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov Dubayda qiymati 12 million dollar bo‘lgan turar joy inshooti qurdirgani haqidagi ma'lumotni ...
31 may 2022
O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” sohasidagi raqobati  O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” vositasidagi raqobati til va ta'lim ...
1 may 2023
O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan Ro‘zi Nazar 2015 yilning 1 mayida olamdan o‘tdi. Ro‘zi Nazar temir parda ortida yashagan turkistonliklarga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...