Asosiy mavzular
26 may 2021

Avtobus-7. Muxolifatga qarshi qo‘shiq

“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 7-qismini taqdim etadi.

Avtobusni rus traktorchisi shatakka olib tortib ketyapti.

Sho‘pir (avtobus ovozkuchaytirgichi orqali): Hurmatli avtobus xalqi! Oramizdan chiqqan vatan xoinlariga qarshi qo‘shiq bilan javob beramiz.

Chol: Bir paytlar Brejnev degan baroqqosh SSSR kattasi edi. O‘sha ham noning bo‘lsa qo‘shiq ham yarashadi, degandi. Bu sho‘pirning noni yo‘q, yana qo‘shiq ayttiradi. Och qoringa qo‘shiq na hojat?

Chiptachi: Mana, men aytaman qo‘shiqni.

Orzularim boshladi yo‘lga.

Hali yetar manzilim yiroq.

Manzilga to yetib olguncha

Sho‘pir buvam abadiy hamroh.

Sho‘pir: Ha, aylanay, chiptachi!

Olifta: Juft bo‘lsin, opajonginam. Do‘lana, do‘lanani ayting. Bir eshitaylik otam zamonidagi qo‘shiqni.

1-yangi personaj: «Do‘lana»ni aytadi.

2-yangi peronaj: Haddan oshma, muxolifat.

Xonimchi: O‘chir ovozingni, o‘ch, o‘ch, o‘ch («Kelinlar qo‘zg‘olonida»gi Sottining ovozi).

Mulla: Repertuaring eskiribdi. Yangi, zamonaviy qo‘shiq aytish kerak. Tili tili, trallivali…

Olifta: Men aytaman qo‘shiq

Chol: Ayt, bolam. Ësh bolalarning ovozi shirin bo‘ladi.

Olifta: Partiya tuzmakka yo‘qdir yuragi,

Hadikdan panada yuradi sokin.

O‘zining dumini quvgan it kabi

Yurtdoshin og‘zini yumadi keskin.

Sho‘pir: Ha, aylanay!

Xonimchi: She'r yozadi qarg‘ab muxoliflarni,

Mashshog‘i kuyini chalar basma-bas.

Ketyalab o‘rgangan otarchilari

She'rni qo‘shiq qilar shu nafas.

Chol: Yashavar! Hey, do‘st. Ë Ollo!

Ko‘zoynakli amaki: Yuragi qo‘rquvdan dag‘-dag‘ qaltirab,

Pardaning ortidan hurkib turadi.

Molini qashqirlar talashsa ham u

“Yurtimiz tinch-ku”, deb kulib turadi.

Chol: Ë bismillo! Allohi karim!

Chiptachi: Avtobusimiz tinch. O‘ris traktorchi omon bo‘lsin. Kelinglar, traktorchining vatanini maqtab qo‘shib aytamiz.

Xonimchi:

Rossiya, Rossiya, azamat o‘lka!

Men sening qizingman, xotining emas.

Sho‘pir: Aylanay. Moskvaga rahmat aytadigan qo‘shiq kerak bizga. Biz Moskvaga bog‘langanmiz. 60 yoshga kirib tushunganim shu. Musiqa qo‘yadi. Karnaydan qo‘shiq yangraydi.

«Moskvadan nur olgan baxt mayog‘i…». Odamlar raqsga tushadi…

P.S. Videoda G‘ayrat Omonov she'rlaridan foydalanildi

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 fevral 2024
«Yoshlarning 100 ta eng ilg‘or loyihasi» tanlovida g‘olib topilib, to‘rtinchi o‘rinni olgan Navoiylik tadbirkor Pardaev Umid imtiyozli kredit olish ...
19 aprel 2018
Istanbuldagi Otaturk aeroportiga Toshkentdan uchib kelgan o‘rta yoshdagi o‘rangan o‘zbek ayoli 5000 quti sigaretani yashirincha o‘tkazmoqchi bo‘lganida bojgirlar qo‘liga ...
15 fevral 2022
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ...
13 aprel 2017
O‘zbekistonda davlat tiliga katta e'tibor haqida ko‘p gapirilayotganiga qaramay, mamlakatda o‘zbek tilini mustaqil o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmani topish anqoning urug‘idek ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...