Asosiy mavzular
1 iyun 2021

Kosonlik o‘qituvchilar majburiy yugurtirilmoqda

Qashqadaryolik o‘qituvchilar viloyat hokimi topshirig‘i bilan har kuni majburiy marafonda qatnashayotganidan shikoyat qilishmoqda. Koson tumani maktablaridan birida o‘qituvchilik qiluvchi ayol allaqachon maktablarda ta'til boshlanganiga qaramay, ularni yurgurishga majburlashayotgani haqida «Eltuz»ga xabar berdi.

“Koson tumani xalq ta'limi bo‘limi bir yarim oydan beri majburiy marafon o‘tkazyapti. 25 may so‘nggi qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Biz endi qutuldik desak, hali ham marafon to‘xtamayapti”, deya yozdi kosonlik o‘qituvchi ayol telegram orqali «Eltuz»ga yo‘llagan murojaatida.

U birinchi iyun kuni bolalarini istirohat bog‘iga olib borib, salqin joylarda oilaviy dam olishni rejalagani, biroq ertalabdan maktab direktori, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari qo‘ng‘iroq qilib, majburiy chaqirtirib oldirishganini aytadi.

“Agar sport tadbirida qatnashmaydigan bo‘lsam, ishdan bo‘shash haqida ariza yozishim kerak ekan”, deydi o‘qituvchi ayol.

Uning «Eltuz»ga aytishicha, marafon uchun o‘qituvchilar va bolalar yuz ming so‘mdan oq kepka va futbolka sotib olishga majbur. Ota-onalar ta'tildan keyin bu tadbirlarga bolalarini yubormay qo‘yishgani bois, endi faqat o‘qituvchilar oq futbolka kiyib chiqishmoqda.

O‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, Koson tumanida dastlab aprel oyining ikkinchi yarmida boshlangan sog‘lomlashtirish marafoni yakshanba kunidan tashqari har kuni davom etmoqda, o‘qituvchilar har xil masofaga yugurtirilmoqda.

«Eltuz» muammoni o‘rganish uchun Koson tumani xalq ta'limi bo‘limiga qo‘ng‘iroq qildi.

Koson XTB xodimasining «Eltuz»ga bildirishicha, o‘qituvchilarning muammosi birgina sport marafonida vaqt yo‘qotib, har kuni yugurishdangina iborat emas.

“Ularni, masalan, «Obod mahalla» dasturiga kirgan mahallalarni obodonlashtirish ishlariga ham muttasil majburiy jalb qilishadi. Lekin bu yil koronavirus pandemiyasi sharofati bilan tumandagi ikkita mahallaga hasharga chiqish tadbiri bekor qilindi”, dedi u.

Har kungi sport marafoniga izoh berarkan, XTB xodimasi bu tadbirning Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev buyrug‘iga ko‘ra, prezident Mirziyoev tashabbusi bilan o‘tgan yili boshlangan “5 ming qadam yurish» dasturi asosida o‘tkazilayotganini bildirdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 mart 2016
Mehnatkashlar huquqi Xalqaro Forumi (ILRF) 2016 yil Mehnatkashlar huquqi himoyachilarini mukofotlar bilan taqdirlashi haqida e'lon qildi, ular orasida o‘zbek ...
1 aprel 2019
Bugun xoh smartfon, kompyuter yoki planshet bo‘lsin, ularning eng mukammali va ishonchlisi sanalgan Apple sohiblari 40 yil muqaddam unga ...
28 aprel 2021
Rassom Elsevar
13 oktyabr 2016
Gulnora Karimova deya ishonilayotgan Afina@zabitaya1972 yuzeri bugun akkauntining buzilgani haqida xabar qoldirdi. «Mening qadrdonlarim, mening profilimni buzishdi! Butun kun ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...