Asosiy mavzular
6 may 2022

RTdan va'z: Masxaraboz va maymun

Bugungi va'zni tez aytish bilan  boshlasam. «Oq choynakka oq qopqoq¸ ko‘k choynakka ko‘k qopqoq»…

Matchon Suqilish: Tez aytish o‘rniga maymunlar haqida bir hikoya aytib bering.

RT: Mayli eshit. Moskvadagi katta lavozimli bir masxarabozning O‘zbekistonda  juda aqlli bir maymuni bor edi. Bu maymun  juda rivojlangan va yaxshi aqlga ega edi. Masxaraboz unga hisoblashni, ya'ni qo‘shib-olishni o‘rgatdi. O‘zbekistondagi faqat cho‘pchak eshitaverib, miyasi suyulib ketganlardan farqli o‘laroq maymun nafaqat hisoblashni, balki dumi bilan to‘g‘ri raqamni qanday ifodalashni ham uddasidan chiqdi.

Masxaraboz maymunga dedi:

– Kel, kichkina Shako,  mana bu yerda qancha filni ko‘rayotganingni ayt.

Bizning  bo‘yi pakana bo‘lsa ham, aqli terakdek maymunimiz  filga bir qarab, dumini bir xarfiga  o‘xshatib xoda qildi. Keyin masxaraboz dedi:

–  Maymunjon, Shakoginam! Endi sening oldingda  to‘rtta tovuq, xo‘roz va tuyaqush turibdi. Jami qancha qush borligini  hisoblagin.

Maymun dumini olti raqamiga o‘xshatib egdi. Buni ko‘rgan butun O‘zbekiston xalqi maymunning quyrug‘iga qarab, qancha qush borligini darhol tushundi. Keyin masxaraboz kataklarga qo‘lini niqtab savol berdi.

– Kel, Shako, bu yerda qancha qush va hayvonni ko‘rayotganingni hisoblaginchi.

Qarang, bizning aqli katta, ammo bo‘yi kichkina maymunimiz dumi bilan  masxarabozga nima kerakligini ko‘rsatdi. Mana bu yerda «Qancha kalamush bor?» deya masxaraboz savol berishda davom etdi.

Ayrofda juda ko‘p kalamushlar bor edi, bizning maymunimiz bu kalamushlar sanog‘ini bilardiyu ammo uni dumi bilan ifoda qila olmadi. Muhtaram maymun kalamushlarni qayta sanab chiqdi va dumining bunday katta sonni ifoda qilish uchun imkoni yo‘qligini  ko‘rdi. Maymun bu raqamni tasvirlash uchun  boshqa  bitta mo‘ylovli maymunni yordamga chaqirdi. Ikkalasi bir bo‘lib kalamushlar sonini aniq ko‘rsatishdi.

– Eh qanday aqlli maymun bu!  Matematikani bajarish ni qoyillatdi.

Nihoyat masxaraboz dedi:

– Bu savatda nechta olma borligini sana. Agar to‘g‘ri hisoblasang, barcha olmalarni sovg‘a sifatida olasan.  Savatda  yetilib pishgan 20 ta qirmizi olmalar bor edi.

Bizning aqlli  maymunimiz esa yigirma sonini ifodalash uchun yana bir maymunni chaqirmoqchi bo‘ldi. Ammo keyin boshini qashlab bir oz o‘ylab turdida, olma sanashga qarashish uchun lorsillab yugurib kelayotgan maymunga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatib, «ket!» ishorasini qildi.

Bizning aqlli maymun olmalarni boshqa maymun bilan baham ko‘rmaslik uchun, ming egilib bo‘lsa ham  kerakli raqamni  tasvirlashga muvaffaq bo‘ldi. Va buning evaziga  barcha olmalarni oldi.  Agar u hozir juda ko‘p olma yeb bo‘kib qolmagan  bo‘lsa, bu shunchaki ajoyib xotimadir xolos.

Asosiy mavzu: Bosqinchi Rossiyadan masofada bo‘lish

MS: Ochko‘z maymun ekan. Yigirma raqamini yasayman deb beli bukilib ketdi. Yana nima haqida gapirasiz Tuz og‘a.

RT: Bundan buyon asosiy mavzu O‘zbekiston davlatining bosqinchi Rossiyadan masofada bo‘lishidir. Jallod Ramzanga sovg‘a yuborish, Ukraina hududiy yaxlitligi haqida gapirgan Komilovni ishdan quvish. Belarus delegatsiyasining kelishi. Belarus prezidentining O‘zbekiston haqida aytganlari. Bu voqealarni mantiq ipiga terib chiqsangiz, dahshatli prognoz chiqadi. Fayzulla Xo‘jaev kabi ulug‘ jadid otamiz ijodi bo‘lgan bu davlatning yer yuzida bor bo‘lib turishi xatar ostida.

MS: Bular faqat bitta narsaga qiziqadi. K nuqta T bilan uyg‘onib, o‘sha bilan uxlaydigan qavm. O‘zbekistondagi barchani faqat bitta narsa qiziqtiradi degan tasavvur qoldi menda. Imomlar ertadan kechgacha odamning dumbasiyu, ko‘tining teshigi haqida gapirishadi. K nuqta T deyishadi odoblilari. «Million» degan jamoa ham o‘z kontsertida Luiza degan san'atkorning ko‘ti tog‘oraday ekan, deb «hazil» qilyapti. Sahnadagi plintusdan past bu tomoshaga kelgan hijobli xotinlaru, ishid soqol qo‘ygan hezimlar qotib kulyapti. Bularning orasida Luiza ham o‘lganining kunidan iljayib o‘tiribdi. Ko‘tlar haqida latifa aytishga Mirza Xolmedov butun umrini bag‘ishladi. Bu nimani anglatadi. Nega bular bu qadar o‘sha a'zoga qiziqishadi?

RT: Matchonboy bu savolinga Eltuz do‘stlar klubi faoli Baxrom Raxmon javob bera qolsin:

Bahrom Rahmon: Xalqning xarakterini bilmoqchi bo‘lsangiz, uning og‘zaki ijodini o‘rganing. Ko‘p narsa oydinlashadi. Bugungi o‘zini natural deb biluvchi erkak-yigitlarning so‘kinishiga e'tibor berganmisiz? 90% so‘kinganda «K…tinga (og‘zinga) s..kaman» deydi. Shundan kimning nimaga moyilligini bilib olaverasiz. Yana bu omma LGBT ga qarshi ayuxannos ham soladi.

MS: Bu murakkab davrda bir yo‘lboshchi chiqib elni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi kerak. Bir qavm o‘rmon zulmatida adashib qolganida, Danko yuragini olov qilib, yo‘lsizlarga yo‘l ko‘rsatgandi. Prezident degan xizmatchi «hammom», «somsa», «tovuq» va «limon» haqida aljiraydigan samovarchi emas. U siyosiy zarbalarga siyosiy javob beradigan millat lideridir. Qoni u?!

RT: Ukrainadagi voqealarda Rossiya prezidentining yonini olganidan uyalib, daraxtlar tagiga yashiringan bo‘lsa kerak. Har holda Ozarboyjon prezidenti shunga sha'ma qildi.

Ilhom Aliev: (Ozarbayjon Respublikasi prezidenti)

Biz daraxtlar orqasiga yashirinadiganlardan emasmiz. Biz, boshqa davlatlar singari, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz va buni ochiqdan ochiq e'lon qilamiz. Ba'zilarga o‘xshab, daraxt orqasiga yashirinib o‘tirmaymiz. Ha, biz Rossiya bilan yaxshi munosabatlarimiz borligini inkor etmaymiz. Ammo xalqaro huquq tamoyillari hech qanday holatda siyosiy ustunlik (bosqinchilik), mustaqil bir davlatni ishg‘ol qilish uchun buzilmasligi kerak”.

MS: Daraxtlar ortiga yashinganlar kim, ajabo?

RT: Bu savolga Eltuz do‘stlari klubi a'zodi Baxodir Fayzi javob bersin

Bahodir Fayzi: (siyosiy tahlilchi) “Ilhom og‘a daraxtlar orqasiga yashiringanlardan kimni payqadi deysiz? Daraxtlar ortidan mo‘ralayotgan, kuni kecha Putler talabi bilan vazir o‘zgartirgan muhtaram bo‘lmasin?”

MS: Mavhum bo‘lib ketdi gaplar. Rebusga o‘xshaydi. Xolbuki, Moskva talabi bilan Tashqi ishlar vazirini olmashtirgan prezident kimligini bilamiz. Eltuz do‘stlaridan so‘rab beringchi, Komilovning iste'fosi ortida kim bor?

RT: Eltuz do‘stlaridan Alisher aka Ilxomovni eshitsak.

 Alisher Ilhomov: Siyosiy tahlilchi “O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rahbariyatining o‘zgarishi mavzusida Ozodlik eshittirishida ishtirok etdim. Ma'lumki, Kamilov vazir lavozimidan chetlashtirildi va prezident huzuridagi xavfsizlik Kengashiga biriktirildi, bu uning uchun o‘ziga hos fahriy surgun (u endi nabiralari bilan muomala qiladi).

Muammoning mohiyati nimada va uning ketishi umuman muammomi? Mening fikrimcha, muammo bor. Bu yerda muammo Komilovning shaxsiyatida emas, balki u yaxshi yoki, yomon tashqi ishlar vaziri bo‘lganligida ham emas (bu borada har xil fikrlar mavjud va men masalaning bu tomoniga tegmayman), balki bu iste'foning orqasida turgan narsada.

Uning lavozimidan bo‘shatilishiga 17 mart kuni Senatda O‘zbekiston DXR va LXR ni tan olmaydi, balki Ukraina suverenitetini qo‘llab-quvvatlaydi, degan bayonoti sabab bo‘lganiga shubham yo‘q.

Bu gap hazil emasdi va ehtimol Mirziyoev bilan oldindan kelishib olingandir. Biroq oradan ikki kun o‘tib, Komilov davolanish uchun «ketgan» edi, endi esa vazir lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Nima uchun? Moskvaning noroziligi tufayli!!! Buni mutlaq ishonch bilan aytishimiz mumkin. Buni Mirziyoevning Putin bilan telefon orqali suhbati ham tasdiqlaydi. Matbuot xabarlariga ko‘ra, bu suhbat Komilov davolanish uchun ketganidan keyin (ehtimol, bu jo‘nashdan oldin) sodir bo‘lgan. Ushbu suhbat yakunlari bo‘yicha Kreml Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi «maxsus operatsiyasi» ni Mirziyov «tushunishini» bir yoqlama ta'kidladi. Toshkent bu suhbatga hech qanday izoh bermadi va Kremlning bayonotini rad yetmadi. Shunday qilib, Mirziyoev orqaga surdi.

Bu nimani anglatadi? Mirziyoevning mamlakat suverenitetini yana bir bor qurbon qilgani, o‘zining Putin poshnasi ostidagi notavon prezident ekani, tashqi siyosati masalalarini mustaqil hal qila olmayotganini yana bir bor namoyish etganiini angatadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati kontseptsiyasi masalasi yana mavhum.

Komilov 17 mart kuni qilgan bayonotida O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligini (bu konsepsiyaning asosiy nuqtasi) e'lon qilganida, muz qalqqandek tuyulgandi. Shu paytgacha bu masalada noaniqlik mavjud edi va Mirziyoev hali ham bu borada qaror qabul qila olmagandi. Ammo hozir Komilovning ishdan olinishi va Mirziyoev bergan teskari harakat bilan bu masalada yana noaniqlik paydo bo‘ladi. Ko‘rinishidan, prezidentning o‘zi mamlakat qanday yo‘nalishda bo‘lishini xal qila olmagan. Rossiya Federatsiyasi bilan yaqinlashish va uning irodasiga bo‘ysunish yo‘lini yoki o‘z suverenitetini mustahkamlash va Moskvaning agressiv siyosatini qoralayotgan Jahon hamjamiyatiga qo‘shilish masalasini xal kilishi  lozim edi.

Nima sababdan Mirziyoev mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini tanlash masalasida bu qadar arosatda dovdirab yuribdi? Boshqa sabablar orasida, bunga ikki javob bor:

1) Sanktsiyalar va ularning oldini olish uchun Moskva istagini bajarib, pul ishlash. Toshkent bu masalada vositachilik kilib pul qilish vasvasasiga, hukmron elita esa – urush olovida qo‘llarini isitish orzusiga tushdi. O‘zbekiston hozir o‘z manfaati uchun tug‘ilgan imkoniyatdan voz kechishni istamaydi tabiiy, lekin buning oqibatida obro‘sini yo‘qotish va ikkilamchi sanktsiyalarga uchrash xavfini ham zimmasiga olayapti.

2) Mirziyoevni hokimiyatga keltirganlar ta'siri. Mirziyoevni taxtga o‘qazganlar hisob qog‘ozini ko‘rsatib, haqini to‘lab qo‘yish payti kelganini aytishmoqda. Mirziyoev Putin qarmog‘iga boshidanoq ilingani bois qimirlagan sari bu qarmoqqa qattiqroq bog‘liq qolmoqda.”

MS: 28 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov bilan telefon orqali muloqot qilibdi.

Vazirlar ikki tomonlama aloqalarni, umuman, tashqi siyosat yo‘nalishidagi masalalarni muhokama qilishibdi. Soatlariga qarab, vaqtlarni to‘g‘irlab olishganga o‘xshaydi… Abdusardor, senda bir gap bor.

Prezident qizining o‘g‘ri kuyovi

MS: Tuz og‘a, eshitdingizmi  o‘lgan preizdent Karimovning nevarasi Maryam Tillaevaning eski eri Amiran Sardorov oddiy o‘g‘ri ekan. Xotinining taqinchoqlarini o‘maribdi. Oyting unga, Qoytarib bersin  isirg‘asini isqirt.

RT: O‘zbekistonning marhum prezidenti nabirasi Maryam Tillyaeva sobiq eri Amiran Sardarovni oilaviy zo‘ravonlikda aybladi.

(Bu qizni malomat qilishdan oldin, shu qizning o‘rnida singlingiz, qizingiz yoki opangizni qo‘yib ko‘ring. Unga kesak otmoqchi bo‘lganlar, kesakni joyiga qo‘ysin. Hech kim katta bovosi jinoyatiga sherik emas. Bu qizni eri xo‘rlab, tashab ketgan).

Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyaeva o‘zining sobiq eri, alfons blogger Amiran Sardorovni oiladagi zo‘ravonlikda va dayuslikda aybladi.

Maryam Instagramdagi chiqishida Sardorov bilan ajrashishining sababi o‘zi nishon bo‘lgan jismoniy va axloqiy zo‘ravonlik ekanligini tan oldi:

«Agar odamlar mening ichimdan nima dard o‘tganini bilishsa, ular hayratda qolishardi. Lekin men xafa bo‘lishni xohlamayman. Ajralishimiz tafsilotlarini qayta mushohada qilish uchun psixolog bilan ishlashim kerak. Men sodda va ahmoq, o‘smir qiz edim. U pixini yorgan jolatay mening g‘o‘rligimdan foydalandi. Mening oilam va yaqin insonlarim bu munosabatlardan aziyat chekishdi.» deydi prezident nabirasi.

Maryamning so‘zlariga ko‘ra, bu chiqishining sababi Sardorovning «Vpiska» kanalida namoyish qilingan yangi intervyu bilan bog‘liq. Sardorov suhbat asnosida ularning ajralishining sababi yosh farqi bo‘lganligini aytadi, ammo Tillyaeva buni rad etadi (eslatib o‘tamiz, Maryam 23, Amiran 35 yoshda).

«Men munosabatlarimiz davomida boshdan kechirgan narsalarim bilan o‘rtoqlashmayman. Men bu «odam»ni sevganim uchun Moskvaga ko‘chib o‘tdim. Kelajakda u bilan yangi hayot qurmoqchi edim. Mening biron bir narsaga tayyor emasligim, yoki juda yoshligim bizning ajralishimizga sabab emas.»

Qizning ta'kidlashicha, Amiran Sardarov shov-shuv va arzon xayp uchun ularning kechmish munosabatlarini tarmoqda doston qilmoqda.

«Hozir, u shov shuv qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa men va uning siyosiy qarashlari bilan bog‘liq munosabatlar hisoblanadi.»

Tillyaeva u haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkinligini, ammo Amiranning tuban darajasidan yuqori bo‘lishni xohlashini qo‘shimcha qildi.

«Men uning shundoq ham yo‘q obro‘si va hayotini buzishni xohlamayman. Men faqat uni men haqimda gapirishini istamayman. Gapirmay badar ketsin.»

Bundan tashqari, Maryam o‘z sobiq eri bilan janjalni ular birga yashagan paytdagi mashxur fotosurat bilan izohladi.

Ko‘pchilik eslasa kerak bu suratni. Sardarov xotinining farjini kafti bilan yopib turgani fotosuratini u shov-shuv uchun nashr etgandi.

Tillaeva ushbu rasmning nashr etilishiga rozi emasligini aytgan, ammo Sardarov uni ya'ni sevgidan ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar qizni shov-shuv uchun bu zarur deya ishontirgan.

«Bir-biringizga qattiq bog‘liq, sevgili munosabatda bo‘lganingizda, siz odamning «sevgisini» yo‘qotmaslik, xafa qilmaslik uchun hech narsa demaysiz. Mayli, men ahmoq bir qiz ekanman. Ammo u, 35 yashar «erkak» ushbu kartani ongli ravishda o‘ynadi.»

Amiranning blogida chop yetilgan fotosurat Maryamning oilasi bilan janjalishiga sabab bo‘ldi.

«Men bu foto va bunday postdan aziyat chekdim. Oilam va xalqimiz oldida juda uyalardim. Meni bolaligimdan kamtar bo‘lishga o‘rgatishgan va mana shunday holatga sobiq erim ataylabdan tushirdi. Uyat va isnod»

Amiran Sardarov va Maryam Tillyaeva AQShda uchrashishdi. Ishi yurishmagan kurd blogger Amiran AQShga ishlashga keluvdi. Perashka sotadigan budka ochmoqchi bo‘ldi, o‘xshamadi. Vizasi tugay deb qolganida Amiran Maryam Tillaevani aldab, 2021 yil bahorida turmush qurishdi. To‘yga Maryamning oilasi qarshi edi. Boshidan jiddiy bo‘lmagan nikoh edi. To‘qqiz oydan so‘ng esa ular ajrashishlarini bildirishdi.

Xor bo‘lgan hukmdorlar

MS: Yaqinda Eltuz muxbiri Xivaga sayohat qildi. Borsa tumonat odam bitta qabr toshi ustidagi yozuvni o‘qiy olmay, xunob bo‘lib turgan ekan. Al Azhar yonidagi hujra tuprog‘ini yalab yutgan Eltuz muxbiri bu yozuvni o‘qisa, Xorazm hokimining rangi ko‘karib ketibdi.

RT: Qanday yozuv ekan u?

MS: «O‘z xalqini o‘zgalarga sotgan podishohlar xor bo‘ladi» degan yozuv ekan.

RT: Eh, Matchonboy! Koshki, hozirgi vassallar oldingi vassallarning xor bo‘lib o‘lganidan  saboq olsaydi.

1873-yil Xiva ishg‘olida rus chor askarlari safida qatnashgan amerikalik harbiy muxbir Yanuáriy Aloíziy Mak-Gáxan shunday yozadi:

«Amudaryo kechuvidan o‘tib, horib charchagan edik. Agar qattiq qarshilik bo‘lsa, bu ahvolda nima qilamiz ekan, degan tashvish ham bor edi. Ammo biz Hazoraspdan Xivagacha biror qarshiliksiz, hattoki, mahalliy aholidan oziq-ovqat olib, qiynalmay yetib bordik.  Askarlarimiz aholidan yangi uzilgan olma, o‘rik, shaftoli, non, choy sotib olishar edi.

«Jazirama issiqda otlarimizni nima bilan ozuqlantiramiz» degan havotirda edik. Bog‘ot va Hazoraspliklar bizga otlarimiz uchun jo‘xori va beda ham sotishdi.»

Yurtiga bostirib kirgan okkupantlar bilan bemolol savdo qiluvchi bu xalq amerikalik harbiy muxbirni avvaliga tajjublantirdi.

Xiva ishg‘olidan so‘ng qochib ketgan xon, Chor Rossiyasi vassali bo‘lishga rozi bo‘lib, yana saroyga qaytgach, muxbir u bilan ko‘rishdi va suhbat qurdi. Va shu suxbat jarayonida tushundiki, bu xalq siyosatdan uzoq tutilgani va doimo kun o‘tkazish, qorin to‘yg‘azish g‘ami bilan band etib qo‘yilgani uchun yurtiga bostirib kelganlarni ham indamay qabul qilaveradigan, xattoki, ularga «najotkor» sifatida qaraydigan darajaga yetib kelgan ekan.

O‘z xalqiga past nazar bilan qarovchi hukmdorlarni, aholisining aksariyat qismini ishsiz va kambag‘al holatda ushlab turib, o‘zlari kayfu safo bilan band amaldorlarni, mabodo chetdan dushman bostirib kirsa, shu xalqdan yordam kutishga qanchalik haqqi bor ekan?

Uchta xonlik ishg‘ol etilgach, uni boshqargan birorta xon yoki saroy amaldorlari mardlarcha yurtda qolib, uni himoyasi uchun turib bermagan. Hammasi chetga qochgan, o‘z jonini o‘ylab.

Shu tarixiy voqealar bizga o‘rnak bo‘lishi lozim.

Qo‘qonning so‘ngi xoni Xudoyorxon – 1886-yil. Afg‘onistonda yo‘lda, 57 yoshida vafot etdi. 

Xivaning so‘nggi xoni – Said Abdullaxon – Ukrainada 1930-yili, 63 yoshida otboqarlik qilib, ocharchilikdan vafot etdi va konchilar qabristoniga dafn etildi. Qabri hozirgacha topilmagan.

Buxoroning so‘ngi amiri – Said Muhammad Olimxon – mamlakatdan qochib ketganidan keyin qorako‘l teri sotib tirikchilik qilgan. Umrini so‘nggi kunlari ko‘zi butunlay ko‘rmay qolgan.

1944-yilda, 64 yoshida vafot etgan. U Afg‘onistonga dafn etilgan.

Qabr toshiga shu misralar yozilgan:

«Amiri bevatan xoru faqir ast,

Gado gar dar Vatan boshat amir ast».

Ya'ni:

«Vatansiz gar amir – xoru faqirdir,

Gado gar Vatanda bo‘lsa – Amirdir…».

Shunaqa gaplar Matchonboy. Sen siyosatga suqilishmasang, siyosat senga suqulishadi.

Sen o‘zingsan eng so‘nggi nonin

O‘zi yemay tolibga tutgan.

Sen o‘zingsan ajdodlar shonin

Toptab-tepib o‘risga tutgan

Sotqin to‘la maskanim manim

O‘zbekiston vatanim manim…

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
26 aprel 2016
Dori darmon muammosi O‘zbekistonda ayniqsa aholiining eng davolanishga ko‘proq muhtoj va ijtimoiy nochor qatlami qariyalar uchun hayot momot masalasi ...
14 fevral 2019
12 fevral kuni tarmoqda Sankt-Peterburgda qor kurayotgan o‘zbeklar videosi tarqaldi. «Pul topish juda oson. Qorlarning tagidan pul chiqadi. Necha ...
3 noyabr 2021
Rassom Kirpi
31 yanvar 2018
MXXning sobiq raisi Rustam Inoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlangan. O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ...
Bloglar
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish ...
7 iyun 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 54-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) AMAL ...